O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 USE OF ECONOMETRIC MODELS IN FORECASTING ECONOMIC



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

12. USE OF ECONOMETRIC MODELS IN FORECASTING ECONOMIC 
INDICATORS 
165 
12.1. General concepts and objects of socio-economic forecasting197 
197 
201 
165 
12.2. Methods and types of forecasting 
170 
12.3. Method of forecasting using the system of econometric equations 
13.INFORMATION TECHNOLOGIES OF ECONOMETRIC RESEARCHES
13.1. Features of the Eviews econometric modeling program 
13.2. Getting started with Eviews 
13.3. Data entry and loading in Eviews 
13.4. Entering data using the keyboard 
13.5. Importing of data into the program 
13.6. The classic linear multiple regression model in Eviews 
13.7. Analysis of descriptive statistics 
13.8. Correlation analysis 
13.9. Building a multiple regression model 
13.10. Analysis of the quality of the constructed model 
Tasks for control 
179 
182 
182 
184 
185 
187 
193 
197 
197 
201 
207 
210 
215 
Glossary 
255 
List of used literature 
263 
Appendix 
 
 
 
 
 
 


10 
KIRISH 
 
Jahon hamjamiyatida O„zbekiston o„z o„rnini egallashi, raqobatbardosh 
iqtisodiyotni yaratish hamda barqaror iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, yangi ish 
o„rinlarini tashkil qilish orqali bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari 
va farovonligini oshirishda tobora muhim o„rin tutayotgan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag„batlantirish va qo„llab-quvvatlash, ta‟lim 
tizimida zamonaviy axborot va ilg„or pedagogik texnologiyalarni qo„llash – ustuvor 
masalalar bo„lib qolmoqda. 
“Ekonometrika asoslari” fani ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning 
ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellar yordamida iqtisodiy subyektlar 
holatini tahlil qilish va tahlil natijalari asosida optimal qarorlar qabul qilishni, 
tuzilgan modellarni turli xil mezonlar asosida tekshirish va ularni tadbiq qilish hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy ko„rsatkichlarni prognoz qilishni o„rganadi. 
Mamlakatimizda banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini 
yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o„zgarishlarning ustuvor yo„nalishlarini 
qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish va bu jarayonlarda 
ekonometrik 
modellashtirish 
usullaridan 
foydalanish 
muhim 
vazifalardan 
hisoblanadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro„y berayotgan jiddiy tarkibiy o„zgarishlar tashqi 
iqtisodiy ko„rsatkichlarda o„zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o„sishga 
erishishda, avvalambor, keng ko„lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirish, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o„zgarib turuvchi raqobat muhiti va 
bozor sharoitlarini ilg„ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil 
qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy 
indikatorlarni prognozlash, ko„p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, 


11 
tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, 
keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish 
masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o„rganishda “Ekonometrika asoslari” 
fani muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot murakkab iqtisodiy, xo„jalik va 
nazariy 
masalalarni 
hal 
qilishda 
amaliy 
matematika 
yutuqlaridan 
keng 
foydalanmoqda. Mamalakatimizda qabul qilingan “Ta‟lim to„g„risida”gi, “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi” Qonunlariga asosan ta‟lim olayotgan barcha talabalarni 
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bugungi kunda ta‟lim jarayonlari tubdan 
o„zgartirilmoqda. Ta‟lim sohasida o„qitishning yangi shakllari: yangi pedagogik 
texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ta‟lim berish usullari keng 
qo„llanilmoqda. Bu esa ta‟lim oluvchilarning har tomonlama etuk, bilimdon va 
raqobatbardoshligini ta‟minlashga imkon beradi. 
Ushbu o„quv qo„llanmaning maqsadi talabalarniekonometrikaning markaziy 
g„oyasi va ekonometrik nazariya texnikasi bilan to„liq ta‟minlash, shuningdek, 
empirik loyihani amalga oshirish uchun zarur bo„lgan barcha vositalarni berishdir
1

Birinchi navbatda, o„quv qo„llanma matnida taqdim etilgan nazariyalarni 
tushuntirishda ekonometrika nazariyasi bilan bog„liq chuqur tahliliy va 
soddalashtirilgan yondashuvlarni ko„rsatib beradi. Ekonometrikada matematikadan 
foydalanish amaliy jihatdan muqarrar bo„lgan holda, o„quv qo„llanma yanada puxta 
tushunish uchun matematikadan foydalanishni afzal ko„ruvchilar bilan bir qatorda 
mustahkam matematik bilimga ega bo„lmagan o„quvchilar uchun ham mo„ljallangan. 
Maqsadga erishish uchun, kitob ikkita alohida bo„limlarda talab asosida fanga 
umumiy va matematik amallar orqali yondashuvni ta‟minlaydi. Shunday qilib, 
matematik amallar va dalillar bilan band bo„lishni istamaydigan o„quvchi har bir 
mavzuning matematik taxlillarini o„tkazib yuborib,matn uzluksizligiga ta‟sir 
qilmagan holda umumiy yondashuv asosida foydalana oladi. Shu bilan birga har bir 
mavzuni matematik tahlil qilib o„rganishni xohlovchilar uchun har qaysi bobda 
1
Gujarati, Damodar N.Basic econometrics / Damodar N. Gujarati, Dawn C. Porter. 5th ed.New York, NY McGraw-
Hill/Irwin2009. р.xvi 


12 
tegishli bo„limlarni o„rganish imkoni mavjud. Bu imkoniyatdan foydalanib, 
ahamiyatga ega bo„lgan hollarda ba‟zi masalalarni dalillarini matritsalar algebrasi 
usulidan foydalanib chuqur tahlil qilish mumkin va ayni paytda bu o„tkazilgan 
tahlillarning asosiy qismi matritsalar algebrasi kursini o„rganmaganlarga ham 
tushunarli bo„lishi uchun soddalashtirilgan usullarda taqdim etiladi. 
O„quv qo„llanma boshlang„ich darajada bo„lib, bakalavriat talabalari uchun 
tavsiya etilishi bilan bir qatorda magistr va ilmiy izlanuvchilarning amaliy 
ishlaridayordamchi vosita bo„lib xizmat qiladi.

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə