O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


Z  Zarar etkazganlik uchun javobgarlikni sug‘urta qilish -



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik


Zarar etkazganlik uchun javobgarlikni sug‘urta qilish - 
boshqa shaxslarning 
hayoti, sog‗lig‗i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi oqibatida yuzaga keladigan 
majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug‗urta qilish shartnomasi bo‗yicha 
sug‗urta qildiruvchining o‗zining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin 
bo‗lgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sug‗urtasi.
 


366 
Zahira fondi
- joriy yilda kelib tushgan sug‗urta mukofotlari hisobidan 
sug‗urta qoplamasini to‗lash imkoniyati bo‗lmaganda, ushbu sug‗urta qoplamasini 
to‗lash uchun foydalaniladigan pul mablag‗lari fondi. Ma‘lumki, sug‗urta 
hodisalari tufayli ko‗rilgan yo‗qotishlar va zararlar miqdori har yili har-xil bo‗ladi. 
Ayrim yillari sug‗urta hodisalari kam, boshqa yili esa ko‗proq bo‗lishi mumkin. 
Agar sug‗urta hodisalari soni ko‗p bo‗lib, ko‗rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib 
tushgan sug‗urta mukofotlaridan bir necha marta ko‗p bo‗lsa, ularning farqi zahira 
fondi hisobidan qoplanadi. 
SH 
SHaxsiy sug‘urta
- sug‗urta ob‘ekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog‗ligi va 
mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog‗liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug‗urta 
tarmog‗i. SHaxsiy sug‗urta hayot sug‗urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug‗urtaga 
va tibbiy sug‗urtaga bo‗linadi. U riskli va jamg‗arma funksiyalariga ega. CHet el 
tajribasida shaxsiy sug‗urta to‗rtta sug‗urta klassidan iborat bo‗lib, inson 
hayotidagi ro‗y berish mumkin bo‗lgan hodisalar (tug‗ilish, o‗lim, voyaga etish
nikohdan o‗tish, ma‘lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog‗liq barcha 
sug‗urta turlarini o‗z ichiga oladi. Keng ma‘noda shaxsiy sug‗urta-bu uzoq 
muddatli hayot sug‗urtasi, aralash sug‗urta va annuitetlardir. 
SHomaj
- sug‗urta hodisasi ro‗y berishi natijasida ishlab chiqarishni to‗xtab 
qolishi bilan bog‗liq foyda olmaslik riskini sug‗urtasi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə