Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə1/4
tarix11.10.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#127165
  1   2   3   4

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLINI ZILZILALAR OQIBATIDA YuZAGA KELGAN FAVQULODDA VAZIYaTLARDA (TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI) HARAKAT QILIShGA TAYYoRLASh KOMPLEKS DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 29-son, 304-modda)
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholining tezkorlik bilan harakat qilishi, bunday vaziyatlardan aholini ogohlantirish va unga tayyorlash tizimining holatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi ustuvor tadbirlarni amalga oshirish Dasturning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholining barcha qatlamlarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish;
aholini o‘qitish bilan qamrab olishni kengaytirish;
ko‘ngilli qutqaruv drujinalari tuzish va ular faoliyatini tashkil etish;
zilzila oqibatlarining seysmik xavfi darajasini kamaytirish;
aholiga yuzaga kelayotgan seysmik vaziyatni baholash ko‘nikmalarini singdirish va zilzila paytida mutanosib tarzda harakat qilish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va talabalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashning kompleks tizimini ishlab chiqish.
3. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek boshqa jalb etilgan tashkilotlarning rahbarlari tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilishini, tadbirlar bajarilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishini ta’minlasinlar.
4. Belgilansinki, Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar har yili tashkilotlarga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jaev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2011 yil 19 iyul,
208-son
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi 208-son qaroriga
ILOVA
Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash
kompleks dasturi

T/r‎


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə