Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг


Tadbirlar ‎ Bajarish muddatlari‎



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#127165
1   2   3   4
Tadbirlar ‎

Bajarish muddatlari‎

Bajaruvchilar‎

I. O‘quv-metodik tadbirlar

1‎

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini (belgilangan o‘quv soatlari doirasida) va oliy ta’lim muassasalari talabalarini (bir o‘qituvchiga talabalar soni nisbatining belgilangan normativlari doirasida) o‘qitish dasturiga «Hayot xavfsizligi» o‘quv kursini joriy etish. ‎

2012 yil sentabr‎

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎

2‎

Sinovdan o‘tgan «Sog‘liq va hayot xavfsizligi asoslari» va «Hayot xavfsizligi asoslari» o‘quv kurslarini nashr etish va respublikaning barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini ta’minlash.‎

2012 yil sentabr‎

Xalq ta’limi vazirligi ‎

3‎

Fuqarolar yig‘ini kengashi va «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari a’zolarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) birlamchi avariya-qutqarish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga o‘qitish va tayyorlash, shuningdek ularni zarur texnik vositalar bilan ta’minlash.‎

2011-2012 yillar mobaynida‎

«Mahalla» jamg‘armasi,
‎Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqarolar yig‘inlari kengashi ‎

4‎

«Hayot xavfsizligi», «Sog‘liq va hayot xavfsizligi asoslari» va «Hayot xavfsizligi asoslari» o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ularni respublika ta’lim muassasalari pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlarining o‘quv rejalariga kiritish. ‎

2012 yil sentabr‎

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi ‎

5‎

Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda «Seysmologiya va seysmometriya» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash dasturini takomillashtirish.‎

2011 yil dekabr‎

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ‎

6‎

Aholi orasida zilzilaga chidamli yakka tartibdagi uylar qurish qoidalari to‘g‘risida «Zilzilaga chidamli uy qurish» qo‘llanmasini (2.01.03-96 «Seysmik tumanlarda qurish» qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini hisobga olgan holda) ishlab chiqish, nashr etish va tarqatish. ‎

2011—2014 yillar mobaynida‎

«Mahalla» jamg‘armasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zR FA Seysmologiya instituti, fuqarolar yig‘inlari kengashi‎

7‎

Quyidagilar uchun:
‎maktabgacha yoshdagi bolalar uchun;
‎umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun;
‎oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
‎ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi uchun zilzila xavfi bo‘lganda va yuz berganda aholining harakat qilishi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish va nashr etish. ‎

2012 yil avgust‎

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Mahalla» jamg‘armasi ‎

8‎

Zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilish qoidalarini ko‘rsatgan holda o‘quvchilarning xavfsizligi pasporti va «Maktab o‘quvchisining shaxsiy xavfsizligi» qo‘llanmasini o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida va boshqa tillarda (hammasi bo‘lib yettita tilda) nashr etish.‎

2013 yil avgust‎

Xalq ta’limi vazirligi,
‎Favqulodda vaziyatlar vazirligi ‎


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə