Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг


III. Axborot-ma’rifiy tadbirlar



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə4/4
tarix11.10.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#127165
1   2   3   4
III. Axborot-ma’rifiy tadbirlar

17‎

Har yili zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen tusdagi) yuzaga kelishining xususiyatlari va sabablarini, shuningdek zilzilalar xavfi tug‘ilganda aholining amaliy harakatlarini ochib beradigan turli ilmiy-ta’lim ommabop qisqa metrajli filmlar va videoroliklar yaratish.‎

2012—2015 yillar mobaynida‎

O‘zbekiston MTRK, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‎

18‎

Ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen tusdagi), shuningdek zilzilalar yuz berishi mexanizmlari, ular yuz berganda aholini ogohlantirish va uning tezkorlik bilan harakat qilishi choralari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ma’rifiy xususiyatga ega bo‘lgan animatsion, multimediy va boshqa o‘quv materiallarini ishlab chiqish.‎

2011—2013 yillar mobaynida‎

O‘zbekiston MTRK,
‎Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
‎X‎alq ta’limi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ‎

19‎

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi kanallarida manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillarini jalb etgan holda «Hayot xavfsizligining dolzarb masalalari» mavzusida axborot-ta’lim beruvchi teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, shuningdek «Hayot xavfsizligi bilimdoni» viktorinasini tashkil etish.‎

2011 yil 1 avgustdan‎

O‘zbekiston MTRK,
‎Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎

20‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligining veb saytida «Favqulodda vaziyat: unda qanday harakat qilmoq kerak?» ruknini tashkil etish, uni zilzilalar oqibatida yuz bergan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) profilaktikaga va aholining harakat qilishiga tegishli metodik materiallar bilan doimiy ravishda to‘ldirib borish.‎

2011 yil oktabr‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ‎

21‎

Zilzilalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mavjud axborot-ta’lim beruvchi internet-portallarini qo‘llab-quvvatlash va yangilarini tashkil etish. Ta’lim muassasalarining mahalliy tarmoqlarida «Sog‘liq va hayot faoliyati asoslari», «Hayot xavfsizligi asoslari» va «Hayot xavfsizligi» o‘quv kurslari bo‘yicha elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalar tashkil etish. ‎

2011 yil oktabr‎

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ‎

22‎

Respublika gazeta va jurnallarida «Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar beradi», «Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish», «Hayot xavfsizligi» va shu kabi ruknlar tashkil etish.‎

2011 yil 1 oktabrdan‎

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ‎

23‎

«Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» va «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiq turli xususiyatga ega bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda aholini radio va televidenie vositasida xabardor qilish bo‘yicha mavjud matnlarga tuzatish kiritish.‎

2011 yil avgust‎

O‘zbekiston MTRK,
‎Favqulodda vaziyatlar vazirligi ‎

24‎

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar va halokatlar xavfi to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish maqsadida ishlab turgan ob’ektlar bo‘yicha, mahalliy va hududiy xabar berish tizimlarini takomillashtirish va yangi zamonaviylarini qurish.‎

2014 yil yanvar‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎

Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə