Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг


II. Tashkiliy-amaliy tadbirlar



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə3/4
tarix11.10.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#127165
1   2   3   4
II. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

9‎

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida «Yosh qutqaruvchi» ko‘ngillilar klublarini tashkil etish, ularni tegishli ravishda tayyorlashni tashkil etish. ‎

2011-2012 yillar mobaynida‎

«Kamolot» YoIH Markaziy kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ‎

10‎

«Yosh qutqaruvchi» klublari o‘rtasida uch bosqichli musobaqalar (shahar, tuman, viloyat, respublika) o‘tkazilishini tashkil etish.‎

har yili fevral—aprel oylarida‎

«Kamolot» YoIH Markaziy kengashi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‎

11‎

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini «Hayot xavfsizligi» o‘quv kursi bo‘yicha malakali o‘qituvchilar bilan butlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish. ‎

2011 yil sentabr‎

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi‎

12‎

Vazirlar Mahkamasiga Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining markaziy apparatlarida, shuningdek ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalarida «Sog‘liq va hayot xavfsizligi asoslari», «Hayot xavfsizligi asoslari» va «Hayot xavfsizligi» kurslarini o‘qitishni yaxshilashni muvofiqlashtirish va metodik yordam berish maqsadida bir nafardan (hammasi bo‘lib 30 nafar) mutaxassis lavozimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi masalasi bo‘yicha takliflar kiritish. ‎

2011 yil sentabr‎

Xalq ta’limi vazirligi,
‎Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
‎Moliya vazirligi,
‎ Iqtisodiyot vazirligi ‎

13‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallalarida «Zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) aholining o‘z vaqtida va mutanosib harakat qilishi» mavzusida ko‘rgazmali mashq va taktik-maxsus mashqlarni tashkil etish va o‘tkazish. ‎

2011-2012 yillar mobaynida‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
‎«Mahalla» jamg‘armasi, fuqarolar yig‘inlari kengashi‎

14‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti negizida ta’lim oluvchilarda zilzilalar paytida o‘z vaqtida va mutanosib harakat qilish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tegishli yolg‘ondakam holatlar trenajyorlari bilan jihozlangan maxsus joy tashkil etish masalasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.‎

2012 yil yanvar‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
‎Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
‎Moliya vazirligi ‎

15‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida ta’lim muassasalarining rahbarlari tarkibini zilzilalar yuz berganda harakat qilishga o‘qitish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish. ‎

2013 yil yanvar‎

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
‎Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi ‎

16‎

Seysmik faollikning 8-9 balli zonasida joylashgan yirik aholi punktlari hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish.‎

2014 yil iyun‎

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə