O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy  mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida;  -



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/125
tarix29.09.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#124989
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy 
mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida; 
-
shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo’lgandan keyin - 
ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga 
oshiriladi. 
Pudratchi ob’ekt foydalanishga topshirilgunga qadar shartnoma bo’yicha 
ob’ektga mulk huquqini o’zida saqlab qoladi. Ob’ekt buyurtmachiga 


37 
topshirilgunga qadar ob’ektning tasodifiy yo’q qilinishi va shikastlanishi xavfi 
pudratchining zimmasida bo’ladi.
Buyurtmachi 
shartnoma 
bo’yicha o’z zimmasiga qabul qilgan 
majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o’ttiz kun mobaynida 
bajarmagan taqdirda, pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o’zgartirishlar 
kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. 
Bunda buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to’lashdan 
ozod qilinmaydi. 
Buyurtmachi qurilish maydonida o’z vakilini - texnik auditorni tayinlaydi, u 
buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan nazoratni amalga 
oshiradi, shuningdek pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-
uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshirib 
boradi.
Agar buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining 
qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o’z fikrini bayon qiladi. 
Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko’rsatilgan 
kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish 
majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 
Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish shartnomani imzolash 
sanasida amalda bo’lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada 
nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin
shuningdek qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olishning 
belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi. 
Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob’ekt buyurtmachining mulkiga 
aylanadi. 
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va 
buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi. 
Agar pudratchi bajarilgaiy investorlar sonlar va chala ishlarni, jumladan 
uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko’rsatilgan muddat ichida bartaraf 


38 
etmasa, u holda buyurtmachi kafolat summasini pudratchidan ushlab qolish 
huquqiga ega. 
Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə