O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Malikaviy bitiruv ishi mavzusi maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix07.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#126277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

Malikaviy bitiruv ishi mavzusi maqsadi va vazifalari. 
Banklarni 
investitsion faoliyatining asosiy vazifasi faqat xususiy bank sektorini rivojlantirish emas, 
balki, bank sarmoyalarining pul mablag’larini bir joyga jamlab, ularni turfa investitsiya 
maqsadlarida ishlatishdan, ishlab chiqarishga yo’naltirishdan iborat. Bu asosan 
xususiylashtirishning birinchi bosqichida amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi shu nuqtai 
nazardan qaraydigan bo’lsak, agar aksiyalashtirish jarayonida korxonani boshqarish
uning ishlab chiqarishga ta’sir qilishi ko’zda tutilib, qimmatli qog’ozlarni yirik 
2
Муллажонов Ф.М. “2014 йилда пул-кредит соҳасидаги вазият ва монетар сиёсатнинг 2015 йилга 
мўлжалланган асосий йўналишлари”, “Бозор, пул ва кредит” журнали, 2015 й, №1, 8 б. 


6
to’plamlari bilan savdo qilish avj olsa, biz qimmatli qog’ozlarning to’la qonli va 
serharakat bozorini yarata olmaymiz. Bozor ko’p miqdordagi sarmoyadorlarning 
mablag’larini yig’ib, uni turli xil qo’yilmalar uchun taqsimlashi lozim. Bu 
bozorning hajmdorligiga va xilma-xilligiga, ya’ni, muomaladagi qimmatli 
qog’ozlarning mumkin qadar sarmoyadorlar o’rtasida tarqatilishiga bog’liq. Fond 
bozori respublikamizdagi tijorat banklarining investitsiya faoliyatini boyitib, uni 
yangi bosqichga olib chiqadi, ya’ni, kreditlashni qimmatli qog’ozlar vositasida 
amalga oshiriladigan usullar bilan ta’minlaydi. Shu jihatdan u davlatning 
umumiy makroiqtisodiy siyosati - pul, soliq, budjet siyosatlari xosilalaridir. 
Tijorat banklari ham o’z navbatida bu jarayonda ishtirok etib, xalq xo’jaligini 
kreditlashning yangi usullarini o’zlashtirmoqda, ya’ni, korxonalar chiqargan 
qimmatli qog’ozlarni sotib olish yo’li bilan sarmoyalar ajratmoqda. Ko’plab 
sarmoyadorlarning mablag’larini fond bozori vositalari yordamida to’plash va 
investitsiyalarga, ishlab chiqarishni rivojlantrishga yo’naltirish lozim. Barcha 
vositalar - imtiyozlar ham, sarmoyadorlar xavfsizligini ta’minlash ham, 
bozorning ochiq bo’lishi ham, moliya muassasalarini nazorat qilish ham xuddi 
shu maqsadlarga yo’naltirilishi zarur.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə