O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix07.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#126277
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
KREDIT-IQTISOD FAKULTETI 
 
 
 
 
 
 
 
“BANK ISHI ” KAFEDRASI 
 
ЗОКИРОВ НОДИРБЕК ФАРҲОД ЎҒЛИ 
 
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИ ИНВЕСТИЦИОН ФАОЛИЯТИНИ 
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ 
 
 
5230700 – “Bank ishi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 
Bakalavr darajasini olish uchun 
 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
 
 
Ilmiy rahbar: 
ўқ. Мамасобиров Д. 
“___” _____________ 2015 y. 
 “Himoyaga tavsiya etiladi” 
“Bank hisobi va auditi”
Kafedrasi mudiri v.v.b. 
___________T.Boltayev 
“___” _____________ 2015y. 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT - 2015
“TASDIQLAYMAN” 
“Kredit-iqtisod” fakulteti dekani, 
v.v.b. i. f. n. prof. Qoraliyev T.M 
_______ 
“____” 
________________2015 y.
 
 


2
 
 
MUNDARIJA: 
 
 
 
 
 
KIRISh ....................................................................................... 

 
 
 
I BOB. TIJORAT 
BANKLARINING 
INVESTITSION 
FAOLIYATI VA UNING AHAMIYATI 
 

1.1. Banklarning investitsion faoliyatining nazariy-huquqiy 
asoslari ........................................................................................
 
 

1.2. Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish 
mezonlari .................................................................................... 
 
20 

 
II BOB. Respublikamiz tijorat banklarining investitsion faoliyati 
tahlili ........................................................................................... 
 
33 
2.1. O’zbekiston tijorat banklarining real investitsiyalari tahlili . 
33 
2.2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili ................... 
 
44 

 
III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI 
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI ........................................ 
 
57 
 
 
 
 
Xulosa ......................................................................................... 
66 
 
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ........................................ 
69 


3
 
Kirish 
Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi. 
Har qanday jarayon 
yoki faoliyat borki o’z-o’zidan bo’lmaydi bunga ma’lum bir sharoit, eng birinchi 
o’rinda qonuniy huquq va erkinlik va mukammal ishlangan reja va g’oya talab 
etiladi, shundan keyin qolgani mehnat bilan amalga oshirish mumkin. Shuning 
uchun ma’lum bir faoliyat turlari borki ularni rivojlantirmasdan iqtisodiyotni 
rivojlantirib bo’lmaydi, bunday masalalarni markazida albatta banklar turadi, 
chunki har qanday masalani yechimi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy 
qo’llab quvatlash yotadi. Bunda ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishning asosiy 
vazifalaridan biri banklarning investitsion faoliyati barqarorligini ta’minlash, 
rivojlantirish va islohatlar o’tkazish va yangiliklar joriy qilish natijasida 
iqtisodiyotni shu jumladan, moliya bozorini ham rivojlantirishga erishish 
mumkin. 
Bank investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun bu ishdan ko’zda 
tutilgan maqsadlarni aniqlab olishi zarur. Tijorat banklari uchun bu vazifa 
odatda mablag’larni saqlash, diversifikatsiyalash, daromad va likvidlikni 
ta’minlashdan iborat. Amaliy jihatdan olganda, tijorat bankining barcha 
depozitlarini bir xil ssudalarga joylashtirish mumkin emas. Bunday holat 
investitsiyalashning asosiy qoidasi - diversifikatsiyalashga zid kelgani uchun 
ham mumkin emas va noshudlik hisoblanadi. Diversifikatsiyalash deganda 
majmuada turli-tuman ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar borligi tushuniladi. 
Diversifikatsiyalash (tabaqalashtirish) siyosatida qaytarish muddatlari, jug’rofiy 
taqsimlanishi, majburiyatlar turi va emitent hisobga olinishi lozim. 
Diversifikatsiyalash yo’li bilan tavakkalchilik xavf-xataridan butunlay qochib 
qutulib bo’lmaydi, ammo uni bir muncha pasaytirish mumkin. Investitsiya 
siyosatining asosiy ustivorliklari va yo’nalishlari haqidagi hujjatlar bo’lishi 
maqsadga muvofiq hisoblansada, banklarning hammasi ham unga ega emas, gap 
shundaki, tavakkalchilik xavf-xatari faqat investitsiya faoliyati bilangina 
cheklanib qolmaydi, qimmatli qog’ozlarda faol operatsiyalar o’tkazish bilan 


4
bog’liq tavakkalchilikni boshqa sohalarda ehtiyotkorona siyosat o’tkazish bilan 
muvozanat holiga keltirsa bo’ladi. Albatta, iqtisodiyotni erkinlashtirish 
sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni 
keng qo’lamda eng foydali tarzda joylashtirish yangi mijozlarni jalb qilish 
sohasidagi raqobat kurashi kuchayadi. Sog’lom raqobat kurashida faol 
qatnashish uchun tijorat banklari o’z faoliyatlarini takomillashtirishi, shu 
jumladan, qimmatli qog’ozlar bozorida faol investitsiya siyosatini olib borishlari 
lozim. Investitsiya faoliyati tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi 
imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish, muayyan daromad olish, bank 
likvidligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. 
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga 
o’sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. 
Bunda jami kapital qo’yilmalarning 21,2 foizdan ortig’i yoki 3 milliard 
dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to’rtdan 
uch qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir.
Investitsiya dasturini amalga oshirishda korxonalarning o’z mablag’lari 
hisobidan yo’naltirilgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy investitsiyalarning yildan-
yilga faol ishtirok etayotgani barchamizga alohida mamnuniyat bag’ishlaydi. 
Birgina o’tgan yilda bunday investitsiyalar hajmi 10,3 foizga o’sib, 4 milliard 
300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil 
etdi.
O’tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular 
tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko’p 
investitsiyalar yo’naltirildi.
Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig’i ishlab chiqarish sohasiga va 
qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi
1

1
Каримов И.А. «2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга 
ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан 
хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор 
вазифамиздир”.Тошкент.: “Ўзбекистон”, 2015 й. 6-7 б. 


5
2014 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va 
texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5 
trln. so’m yoki 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar 
ajratildi. Bunda banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda «2011-2015 
yillarda sanoatni rivojlantirish», «2014 yilgi Investitsiya dasturi» hamda 
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish 
Davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarish 
texnologiyalarini sotib olishga yo’naltirilmoqda
2
Mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli 
investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i 
stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini 
oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Milliy iqtisodiyotni 
modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga 
oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish, 
mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini 
baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish, 
iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari 
ishtirokini yanada qo'llab-quvvatlash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda 
qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha ilmiy taklif va 
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilyapti. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə