O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 15,19 Kb.
səhifə2/6
tarix26.05.2022
ölçüsü15,19 Kb.
#88065
1   2   3   4   5   6
Mavzu Mening oilam mening baxtim-fayllar.org

OILANING JAMIYATIMIZDAGI O’RNI.

Oila – Vatan ichra mo‘jaz Vatan. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan yuksak ma’naviy tuyg‘u, hayotiy tutumdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Davlatimiz rahbarining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida bu borada bajarilajak ezgu ishlar, muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan. Inson jamiyat bilan hamnafas yashashga ko‘nikkan. Yolg‘izlikda uning orzu umidlari, maqsad muddaolari ro‘yobga chiqishi amrimahol. Binobarin, u ko‘nglining oromi, naslining davomi uchun oila ko‘radi. Har bir inson oila muhitida kamolga yetar ekan, oilaning barqarorligi, mustahkamligi va farovonligi jamiyat taraqqiyotining eng asosiy shartlaridandir.

2012 yilga “Mustahkam oila yili” deb nom berilishi inson , oila va jamiyat ravnaqi yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Oilaning tayanch nuqta ekani konstitutsiyada belgilangan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega “. (14-bob,63-modda).Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili 15 may mamlakatimizda Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi.Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskani hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan jamiyatning o‘zagi bo‘lmish mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat, insoniylik, dahldorlik manbai ham oiladir. Qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi.


Yüklə 15,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə