O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Investitsiyalar hisobining ahamiyati, maqsadi va vazifalari



Yüklə 438,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix26.10.2023
ölçüsü438,53 Kb.
#131905
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

 
1.2. Investitsiyalar hisobining ahamiyati, maqsadi va vazifalari 
Investitsiyalar 
hisobining 
maqsadi 
foydalanuvchilarni 
moliyaviy 
investitsiyalar to’g’risidagi to’liq, ishonarli, o’z vaqtida tuzilgan axborotlar bilan 
ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash 
mumkinki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobining maqsadi 
moliyaviy investitsiyalar buxgalteriya
 
hisobini to’g’ri, o’z vaqtida tashkil etish 
hamda u bilan bog’liq daromad va xarajatlarni moliyaviy natijalarda to’g’ri aks 
ettirish hisoblanadi. 
Investitsiyalarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir: 
- investitsiyalarni va ular bo’yicha olingan daromadlarni o’z vaqtida va 
to’g’ri aniqlash; 
- investitsiyalar uchun ajratilgan mablag’larni o’z vaqtida hisobdan 
chiqarishni ta’minlash; 
- investitsiyalarni hisobga olishda BHMAlarini keng qo’llash; 

investitsiyalardan 
olingan 
daromadlarning 
korxona 
moliyaviy 
natijalarida aks ettirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalardan olingan daromadlarning byudjetga tegishli qismini 
amaldagi me’yoriy hujjatlarga, Soliq Kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri 
hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni 
ta’minlash; 


16 
- investitsiyalar hisobiga kelib tushgan mablag’lardan korxonani 
kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyoji uchun ishlatishni 
ta’minlash. 
Investitsiyalar hisobini yuritishga aloqador bo’lgan rahbarlar, buxgalterlar 
va boshqa shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya 
hisobining quyidagi asosiy printsiplariga rioya qilishlari kerak: 

buxgalteriya hisobini ikkiyoqlamali yozuv usulida yuritish; 

davomiylik (uzluksizlik); 

xo’jalik muomalalari, aktiv va passivlarni pulda baholash; 

ishonchlilik; 

hisoblash; 

oldindan ko’ra bilishlik (ehtiyotkorlik); 

shaklidan mazmunining ustivorligi; 

ko’rsatkichlarni taqqoslash; 

hisobotni holisligi; 

hisobot davri daromad va xarajatlarini mos kelishi; 

aktiv va majburiyatlarni haqiqiy baholash 
Investitsiyalar inflyatsiya sharoitida pul mablag’lari qadrsizlanishining 
oldini olish, qo’shimcha daromad olish va boshqa korxona faoliyati ustidan 
nazorat o’rnatish maqsadida amalga oshiriladi. 
Xo’jalik sub’ektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o’rtasida 
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror 
qabul qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning 
uchun moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya 
faoliyatini boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi. 
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida sub’yektni uchta izchil 
bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig’ish va to’plash; uni audit va 
tahlil qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish. 
Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobi ichki va tashqi 
foydalanuvchilarga eng muhim ma’lumotlarni etkazib beruvchi vazifasini o’tab, 


17 
maqbul boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga ko’maklashadi, bunday qarorlar 
amalga tatbiq etilishi natijasida korxonaning ishlab chiqarish potensiali oshadi 
va raqobat bozorida uning mavqei ko’tariladi. Biroq tezroq boshqaruv 
qarorlarini ishlab chiqish, hisobot yuritish tizimida mavjud bo’lgan va 
buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida, hisob registrlari va hisobotlarida aks 
ettirilgan ma’lumotlarda umuman yetishmaydi. 
Buxgalteriya hisobi moliyaviy investitsiyalarni hisob yuritishning 
mustaqil ob’yekti sifatida ko’radi. Bunday yondoshuv xarajatlarni joriy asosiy 
faoliyat (ishlab chiqarish va muomala xarajatlari) bilan bog’liq harajatlar va 
uzoq muddatli qo’yilmalarga bo’lish konsepsiyasiga asoslangan. Investitsion 
faoliyatni tartibga solib turuvchi normativ va huquqiy hujjatlar tizimi 4-
chizmada keltirilgan. 
Axborotlar tizimi orqali olingan iqtisodiy ma’lumotlarni muayyan 
ko’rsatmani vujudga keltiradigan holatga etkazish uchun uni tayyorlash, ya’ni-
tashlash, tekshirish va qayta ishlash kabi qo’shimcha ishlarni amalga oshirish 
zarur, bu esa auditorlik faoliyatining asosiy mazmuni va tahlil ishlarining 
bosqich-laridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, audit tekshiruvidan o’tkazishning 
maqsadi auditorning moliyaviy hisobot amaldagi qonunchilik talablariga 
muvofiq tayyorlangani, buxgalteriya hisobi standartlariga mosligi, undagi 
ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot mavjud bo’lganida ham darhol 
investitsion qaror qabul qilish mumkin emas. Olingan axborotni chuqur 
mulohaza qilish yo’li orqali boshqarilayotgan ob’yekt holatini va uning 
rivojlanish tamoyillarini, amalga oshirilayotgan xo’jalik jarayonlari mohiyatini 
tushunishga erishiladi. Faqat moliyaviy hisobot ma’lumotlari va boshqaruvning 
«yuragi»ni tashkil etadigan buxgalteriya hisobining boshqa axborot manbalarini 
chuqur tahlil qilish yo’li bilangina to’g’ri boshqaruv investitsion qarorini qabul 
qilish mumkin. Mana shuning uchun ham auditor, moliyaviy hisobot 
elementlarining haqqoniyligini aniqlagandan so’ng o’z ishini tugallamaydi, balki 
tahlil ishlarini amalga oshiradi. 


18 

Yüklə 438,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə