O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

Y = 0,299R + 0,587G + 0,114B, 
bu yerda R, G va B lar koeffitsiyentlar odamning mos ravishdagi ranglarga 
turlicha sezgirligini va undan tashqari, ularning yig‗indisi birga teng ekanligini 
hisobga oladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, teskari almashtirish bo‗lmish R = Y, G = Y, B 
= Y kul ranglar gradatsiyasidan boshqa natija bermaydi. 
Turli rang modellaridan foydalanishga yana bir misol keltiramiz. Rangli 
fotografiyalarni JPEG formatidagi grafikaviy faylga yozishda RGB modelidan (Y, 
Co, Cr) modeliga almashtirish amalga oshiriladi. Bu rastr tasviridagi axborot hajmini 
yanada siqish uchun foydalaniladi. JPEG fayllarini o‗qishda qaytadan RGB ga 
almashtirish bajariladi. 
Modellarning turli-tumanligi ulardan turli sohalarda foydalanish bilan bog‗liq. 
Rang modellaridan har biri tasvirni kiritish, uni ekranda ko‗rinadigan holatga keltirish 
(vizualizatsiya), qog‗ozga pechat qilish, tasvir ustida ishlash, fayllarda saqlash, 
kolorimetrik hisob-kitoblar va o‗lchovlar kabi ayrim operatsiyalarni samaraliroq 
bajarish uchun ishlab chiqilgandir. Bir modelning boshqasiga almashtirilishi 
tasvirdagi ranglarning buzilishiga olib kelishi mumkin. 


55 
3.5. Ranglarni kodlash. Palitra 
Kompyuter rangli tasvirlar bilan ishlay olishi uchun tasvirni sonlar ko‗rinishida 
ifodalash – ranglarni kodlash kerak. Kodlash usuli rang modelidan va kompyuterdagi 
soni ma‘lumotlarning formatidan bog‗liq.
RGB modeli uchun har bir komponentga ma‘lum bir sohada chegaralangan 
sonlar, masalan, 0 dan 1 gacha bo‗lgan kasr sonlar bilan, yoki 0 dan ma‘lum bir 
maksimal qiymatgacha bo‗lgan butun sonlar bilan berilishi mumkin. Hozirgi paytda 
True Color formati keng tarqalgan bo‗lib, unda har bir tashkil etuvchi qism bayt 
ko‗rinishida berilib, u har bir tashkil etuvchi CMY uchun 256 gradatsiyani beradi:

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə