O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

1
 (

)B 
Shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, monoxromatik nurlarning hech birini (R, G va B 
nurlarining o‗zlaridan boshqa) qo‗shilish koeffitsiyentlarining faqat musbat 
qiymatlari bilan berish mumkin emas ekan. Buni Maksvell uchburchagi asosida 
tuzilgan ranglar grafigi yordamida yaqqol ko‗rsatish mumkin. Egri chiziqning yuqori 


50 
qismi sof monoxromatik ranglarga to‗g‗ri keladi, pastdagi 380 dan 780 nmgacha 
bo‗lgan chiziq esa qirmizi deb ataluvchi ranglarni (ko‗k va qizil ranglar aralashmasi) 
ifoda etadi, ular monoxromatik ranglar emas. Egri chiziq chegarasining ichida 
bo‗lgan nuqtalar real (mavjud) ranglarga, chegaradan tashqaridagi nuqtalar esa – 
noreal (mavjud bo‗lmagan) ranglarga mos keladi. Uchburchak ichida joylashgan 
nuqtalar r
1
, g

va b

koeffitsiyentlarning manfiy bo‗lmagan qiymatlariga mos keladi 
va RGB tashkil etuvchilarning qo‗shilishi bilan hosil bo‗ladigan ranglarni to‗liq 
qamrab ololmaydi – ba‘zi to‗yingan ranglar ushbu uch tashkil etuvchining 
aralashmasi sifatida qaralishi mumkin emas. Birinchi navbatda bular havo rangning 
barcha nozik turlarini ham o‗z ichiga oluvchi yashildan ko‗kkagacha bo‗lgan ranglar 
– bu ranglar rang grafigi egri chizig‗ining chap qanotida to‗g‗ri keladi. Shuni yana bir 
bor ta‘kidlamoqchimizki, bu yerda so‗z to‗yingan ranglar haqida borayotir, chunki, 
masalan, to‗yinmagan havo ranglarni RGB tashkil etuvchilarining qo‗shilishi tufayli 
olish mumkin. Ranglarni to‗liq qamrab ololmasligiga qaramay, RGB tizimi hozirgi 
paytda – birinchi navbatda rangli televizorlarda va kompyuterlarning displeylarida 
keng qo‗llanilmoqda. Rangni ba‘zi nozik turlarining etishmasligi unga ham 
sezilmaydi.
RGB tizimining ommabopligini ta‘minlovchi yana bir omil uning yaqqol 
ko‗rinishidir: asosiy ranglar ko‗rish spektrining yaqqol farqlanadigan qismlarida 
joylashgandir. 
Bundan tashqari, insonning rangli ko‗rishini tushuntiruvchi gipotezalardan biri 
uch tashkil etuvchili nazariya bo‗lib, u odamning ko‗rish tizimida uch tipdagi 
yorug‗likni sezuvchi elementlar borigini ta‘kidlaydi. Bir tip elementlar yashil rangga, 
boshqa tipi – qizil rangga, uchinchi tipi esa – ko‗k rangga javob beradi. Bunday 
gipotezani Lomonosov ham aytgan edi, bu gipotezani asoslash bilan T. Yungdan 
boshlab ko‗plab olimlar mashg‗ul bo‗ldilar. Shunisi ham borki, uch tashkil etuvchili 
nazariya odamning rangli ko‗rishining yagona nazariyasi emas. 


51 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə