O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

8.3. Shakl va o„lcham 
O‗lchamni tasavvur qilish obyekt shakliga bog‗liq. Bu yorug‗likning son 
ko‗rish tasavvurining interferentsiya xususiyatlariga bog‗liq. Amaliyotda asosan 
murakkab fraktal tuzilishga ega bo‗lgan obyektlarga duch kelamiz, ular esa o‗lcham 
nuqtai nazaridan qiyin baholanadi. Albatta, agar ular nisbatan katta bo‗lsa va ular 
detallari kompozitsiyadagi boshqa obyektlar o‗lchamlari bilan taqqoslanadigan 
bo‗lsa, u holda bunday muammo paydo bo‗lmaydi. Ammo ko‗p hollarda murakkab 
shaklning kichik detallari obyektning bir qismi deb qabul qilinmaydi. 
Figura 
2- rasm. Ushbu figuradagi nurlar obyektning chegarasi deb qabul qilinmaydi 


118 
Ushbu misol bizni shaklni o‗lchamni qabul qilish munosabatini aniqlovchi 
asosiy tushunchaga olib keladi. Bu kompaktlilik yoki zichlik. Ba‘zan adabiyotlar eng 
zich figura deb aylanani aytishadi. Bizning fikrimizcha, buunchalik to‗g‗ri emas. 
Biz shaklning kompaktliligini uning maydonini ko‗rish zonasi chegarasida 
to‗ldirilmagan joylar nisbati sifatida aniqlaymiz. Murakkablik misolda tushuntirib 
o‗tamiz. Aytaylik, biz ikkita figura – kvadrat va aylanani tanga va markaga 
joylashtirishingiz zarur (3 - rasm). 
a) 
b) 
3 - rasm. Aylana va kvadrat obyektni joylashtirish. 
a) markaga; b) tangaga 
Ushbu rasmdan ko‗rish mumkinki, marka uchun eng kompakt figura bo‗lib 
kvadrat, tanga uchun esa – aylana hisoblanadi. 
Qabul qilishning ushbu nisbiyligidan shuni esda tutish kerakki, kompaktlikning 
o‗zi o‗lchamlarni qabul qilishni aniqlaydi. Eng zich figura doimo yirikroq ko‗rinadi. 
Bu 3-rasmda keltirilgan, ayniqsa markaga nisbatan. 
Amaliyotda ushbu xossa quyidagicha ishlatiladi. Aytaylik, kompaniya tashrif 
kartochkalarida foydalanish uchun ―AGGW‖ deb shartli nomlangan logotipni chizish 
vazifasi turgan bo‗lsin. 


119 
Agar siz kartochkada ushbu elementning muhimligini ko‗rsatmoqchi 
bo‗lsangiz, unga e‘tiborni jalb etmoqchi ekansiz, unda logotipning kompakt shaklda 
bo‗lishiga to‗xtashingiz lozim (4-rasm, a). Agar logotip o‗ziga e‘tiborni jalb 
qilmasligi lozim bo‗lsa va ko‗proq fon rolini o‗ynasa, unda sizning tanlovingiz 4 b-
rasm bo‗ladi. Buning barchasi tashrif kartochkasidagi elementlarning bir xil 
o‗lchamda ekanligiga e‘tibor bering. 
a) 
b) 
4-rasm. Logotip shakli: a) kompakt; b) kompakt bo„lmagan. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə