O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

8.5. Rang va o„lcham 
Bu o‗lchamga bag‗ishlangan eng murakkab qismdir. Gap shundaki, u tasavvur 
uchun nisbiydir. Ko‗p hollarda biz barcha obyektlar orasidan eng yiriklariga qarab 
o‗rganganmiz, vaholanki buning uchun hech qanday sabab yo‗q. 
Shunday qilib, birinchi va asosiy xossa: oq fonda qora obyektlardan ko‗ra 
yorug‗ obyektlar qora fonda yirikroq ko‗rinadi (7-rasm). 


121 
7- rasm. Oq orasida qora obyektlardan ko„ra qora fonda oq obyektlar yirikroq 
ko„rinadi. 
Masalan, logotipda yorug‗ligi bo‗yicha bir-biridan kuchli farqlanadigan 
obyektlarni simmetrikligini aks ettirishda ushbu xossani hisobga olish zarur. 
Tomoshabinga ishingiz sifatli chiqmaganligini ko‗rsatish uchun balki qora 
elementni kattalashtirishga to‗g‗ri keladi. 
8-rasmda biz qora aylana radiusini 2% ga kattalashtirdik – bo‗lmasa logotip 
o‗ylangandek chiqmas edi. 
8-rasm. Ushbu ishda aylanalar bir xilko„rinishi uchun qora aylananing 
diametri oq aylana diametriga nisbatan 25 ga kattaroq 
Nazorat savollari 
1.
O‗lcham deganda nimani tushunasiz. 
2.
O‗lchamni tasavvur qilish obyektning nimasiga bog‗liq. 
3.
Teksturani qo‗llash bizga nima beradi.` 
4.
Tekstura rangi qanday tanlanadi.
5.
Dizayn deganda nimani tushunasiz? 
6.
Qanday figuradagi nurlar obyektning chegarasi deb qabul qilinmaydi 


122 
9- bob. ADOBE PHOTOSHOP RASTR GRAFIKASI DASTURI 
 
9.1. Adobe Photoshop rasm tahrirlagichini asosiy xususiyati
va ish jarayoni 
Adobe Photoshop Adobe System kompaniyasida ishlab chiqilgan. Photoshop 
dasturi skanerlangan va raqamli tasvirlarga ishlov berish uchun mo‗ljallangan. 
Tasvirlarga ishlov beruvchi dasturlar raqobati natijasida Adobe Photoshop dasturi 
imkoniyatlari oshib bormoqda. Bu foydalanuvchilar uchun qulayliklar tug‗diradi.
Boshqa tasvirlarga beruvchi dasturlar kabi Adobe Photoshop dasturi diskda 
saqlanayotgan fotosuratlar va kartinkalarga o‗zgartirishlar kiritadi. Photoshop dasturi 
yordamida fotosuratdagi dog‗larni yo‗qotishni, qo‗shimcha maxsus natijalar qo‗shish, 
matn kiritish, eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, tasvirlar ranglarini almashtirish,
ranglar nisbatini o‗zgartirish, bir suratdagi elementni ikkinchi suratga olib o‗tish 
mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‗lib, gazeta va jurnallarni 
xilma-xil rasmlar bilan boyitishga, afishalar yaratishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Dasturda tasvirlar kvadratlar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi. Bunday tasvirlar 
rastrli grafika deyiladi. Bu kvadratlar piksellar deb ataladi. Piksellar soni qancha ko‗p 
bo‗lsa, tasvir aniq ko‗rinadi. Bir piksel bitta bitga to‗g‗ri keladi (0 yoki 1, ha yoki 
yo‗q).
Rastrli grafika kamchiligi shundan iboratki, tasvirni masshtablashtirish 
(kichiklashtirish, kattalashtirish) jarayoni natijasida piksellar o‗lchovi o‗zgarishi 
bilan tasvir aniqligi yomonlashishi va tanib bo‗lmaydigan darajaga bo‗lishi 
mumkin.Tasvir kattalashganda piksel kvadrat shakllari aniq ko‗rinadi. Bunday 
holatdan chiqish uchun tasvir piksellar sonini oshirish kerak bo‗ladi. Ammo piksellar 
sonini oshirish fayl hajmini ortishiga olib keladi.


123 
a b
a) tasvir yaqinlashtirilgandan keyingi holati;
b) tasvir uzoqlashtirilgandan keyingi holati. 
Nashrlarda turli illyustratsiyalarni yaratishda, skaner, raqamli fotoapparat yoki 
videokamera (bunday qurilmalarning narxi qimmat) orqali olingan foto yoki rassom 
tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə