O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Kompyuter grafikasining qo„llanish sohalari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

1.3. Kompyuter grafikasining qo„llanish sohalari 
Qo‗llanish sohasiga ko‗ra kompyuter grafikasi quyidagi turlarga bo‗linadi: 

tijoratga oid; 

namoyishlarga oid; 

muhandislikka oid; 

ilmiy, ko‗rgazmaviy, animatsion. 
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi 
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar EHM ekranida grafik 
shaklida, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi 
mumkin, kerakli grafiklar matn izohlari va ma‘lum joylarda belgili izohlar bilan 
ta‘minlanadi. 
Tijorat grafikasiga tegishli amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va 
kerakli servislar bilan ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi 
axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o‗zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli 
o‗zgartirishlar kiritishdan iborat. 
Tasvirni yaqqolligini yanada oshirish uchun ushbu paketlarga tasvirni ekranda 
bir necha xil grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o‗z navbatida 
tasvirlarni ekranda birgalikda ko‗rib, mulohazalash imkoniyatini oshiradi.
Bu paketlarni eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda 
berishdan tashqari aks ettirilgan grafiklarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu 
sababli, bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, shu jumladan, statistik tahlil, 
ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular 
berilgan axborot to‗plamini tahlil qilish imkonini beradi. 
Namoyish qilish grafikasi – matn, chizma, eskiz kabi hujjatlarni mashina 
tasvirini hosil qilib, uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng 
asosiy vazifa – yuqori sifatli va chiroyli ko‗rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. 
Shu tipdagi grafiklarni eng afzal tomoni shundaki, bunday tasvirlarni to‗plami va 
ko‗rinishini tezda o‗zgartirish mumkin. 
Injenerlik grafikasi – bunday grafika chizmachilik, proektlash va konstruktorlik 
ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‗llaniladi. Injenerlik grafikasi tahlil, sintez, 


18 
modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi proektlashni 
avtomatlashtirish ishlarini hamma bosqichlarini o‗z ichiga oladi. 
Ilmiy grafika – ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, 
biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‗llaniladi. Ilmiy grafikaning eng 
asosiy maqsadi – ilmiy izlanishlardan hosil bo‗ladigan axborotlarni vizuallashtirish – 
ko‗zga ko‗rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa, bu yo‗nalish atom energiyasi 
manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtikada va samolyotsozlikda, geografiyada va 
okeanologiyada – xullas tez kechadigan jarayonlarni o‗rganishda juda qo‗l keladi. 
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, kartalar, 
jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda keng qo‗llaniladi. 
Ko‗rgazmali grafika – namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‗lib, shu 
ikkala grafika imkoniyatlarini yig‗indisi, integratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika 
ayrim grafikalarni slaydlar ketma-ketligidan iborat slayd film qilib yaratib, so‗ngra 
uni ma‘lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko‗rgazma shaklida namoyish etadi. Har 
bir slaydni ekrandagi tasviri ovoz va vizual natijalar bilan qo‗shib olib borilishi 
mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyati ham mavjud. 
Animatsion grafika – rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik 
grafikasidagi uch o‗lchovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan, 
reklama e‘lonlari va teleko‗rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo‗shib 
uyg‗unlashtirgan [5]. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə