O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Rastr, vektor va fraktal grafikalari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

1.4. Rastr, vektor va fraktal grafikalari 
Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog‗liq holda 3 turga 
bo‗linadi: 
1. Rastrli grafika. 
2. Vektorli grafika. 
3. Fraktal grafika. 
Ular bir-birlaridan tasvir ko‗rinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash 
texnologiyalari bilan farqqiladi.


19 
Rastrli grafika 
vositasida shakllangan tasvir 
asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo‗llaniladi. 
Rastrli 
tasvir 
ikki 
o‗lchovli massiv (matritsa) 
ko‗rinishdagi nuqtalar to‗plamidan iborat bo‗lib, ular 
piksellar deb ataladi. Rastrli tasvirning eng kichik 
elementi pikseldan iborat. Uning atributlari boshqa 
piksellarning atributlariga bog‗liq emas. Kompyuterda 
qo‗llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga 
ko‗ra, 
480x640, 800x600, 1024x768
va undan ko‗proq 
pikselga ega bo‗lgan tasvirlar joylashishi mumkin. Tasvirning o‗lchamiga ko‗ra 
uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo‗lib, bir 
dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastrli grafik vositalari bilan bajarilgan 
(tayyorlagan) tasvirlar juda kam hollardagina kompyuter dasturlaridan foydalanib 
ishlab chiqiladi. Bu maqsadda professional rassom chizgan rasm yoki fotografiya 
texnik vositalar yordamida kompyuterga kiritiladi. 
Oxirgi paytda rastrli tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun raqamli foto va 
videokameralardanfoydalanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi 
tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir.
Rastrli grafikning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:

universalligi (bu formada har qanday tasvirni taqdim etish mumkin); 

shakllantirshning soddaligi; 

rang jilolarini berish aniqligining yuqoriligi. 
Ushbu usulning salbiy tomonlari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 

rastrli grafik bloklar hajmining juda kattaligi; 

ularning masshtabi o‗zgarganda tasvir sifatining pasayishi. 
Shu sababli har bir tasvirni kodlash va saqlash uchun katta hajmdagi xotira 
talab etiladi. Tasvirdagi juda kichik obyektlarni ko‗rish uchun uning masshtabini 
kattalashtirib bo‗lmaydi. Bu rastrli tasvirlarni qayta ishlash jarayonida ba‘zi bir 
muammolarni paydo bo‗lishiga olib keladi. 


20 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə