O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Kompyuter grafikasi va dizayn fanining asosiy tushunchalari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

 
1.2. Kompyuter grafikasi va dizayn fanining asosiy tushunchalari 
Grafikani tushunish va uni tuzish uchun grafika elementlari hamda ularning 
o‗zaro qo‗shilishlari ma‘nosini o‗rganish kerak. Grafika yordamida talqin etilayotgan 
voqelikni to‗g‗ri tushunish uning hamma elementlari mavjud bo‗lgan holdagina 
mumkin (shkala, sarlavha, masshtab va h.k.). Ifodalashning grafik tili fikrni fazoviy 
tasvirlar orqali ifodalashning shartli belgilarga ega va qandaydir yuzada aks 
ettiriladigan usullar majmuasidan iborat. 
Grafik ifodalashning namunalari – geografik xaritalar, iqtisodiy analizning 
tizim diagrammalari, struktura chizmalari, korxonalar va shunga o‗xshash qandaydir 
fikrlar to‗plamini ifodalovchi jarayonni tuzish va grafiklashtirish grafika deyiladi. 
Grafika yaqqol shaklda va fizik yuzada shartli ravishda holatni yoki jarayonni 
ifodalaydi. Grafikadagi hamma belgilar g‗oyalar belgisi, grafika butunligicha esa – 
g‗oyalar to‗plamini ifodalashdir. 
Grafikada ikki asosiy element farqlanadi – grafik qiyofa va eksplikatsiya. 
Grafik qiyofa – chizmalar to‗plami bo‗lib, o‗zaro bog‗lanishlari bilan 
tushuniladi. 
Eksplikatsiya – grafik qiyofaning ma‘nosini ochib beradigan ma‘lumotlar
to‗plami. 
Grafik obraz simvolik yoki geometrik shaklda bo‗lishi mumkin. 


13 
Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma‘nosi uning geometrik shakliga 
bog‗lanmagan bo‗lib, sharoitga bog‗liq holda tushuniladigan obrazlar simvolik 
obrazlardir. Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta 
bog‗langan bo‗lishi, aniq bir belgilar to‗plami esa simvolikani tashkil etadi. 
Geometrik ma‘noga ega, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni 
ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi. Masalan, inflyatsiyaning o‗sishini 
ko‗rsatuvchi egri chiziq shu ko‗rinishda emas, balki iqtisodiy kategoriya sifatida 
qiziqarlidir. Geometrik grafik obrazlar simvolik obrazlarga qaraganda katta 
ahamiyatga ega. 
Grafik obraz koordinat tizimi yordamida masshtablashgan shkala, o‗lchov 
birligi, nomlangan to‗r, grafika umumiy sarlavhasi, umumiy va xususiy tushuntirish 
usuli, sonlar chiziqi, to‗ldiruvchi va qaytariluvchi sonlar sifatida tushuniladi. 
Grafik obraz ifodalanishi mumkin: 
- butun son shaklida; 
- alohida elementlar bo‗yicha; 
- u va bu yo‗nalishlarda. 
Grafika eksplikatsiyasi uch xil shaklda ifodalanishi mumkin, ya‘ni geometrik, 
ideografik va xususiylashgan shakllarda.
Geometrik eksplikatsiya – bular koordinat o‗qlari, to‗r, shkalalar va 
masshtablardir. Ular yordamida grafik obrazlar geometrik xususiyatlarga ega bo‗ladi, 
chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi. 
Ideografik eksplikatsiya – shartli belgilarni ma‘nosini tushuntiradi figurali, 
chiziqli, fonli va boshqalar (agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo‗lsa), bu shartli 
belgilar grafika elementlariga aniq bir ma‘no bag‗ishlaydi. 
Xususiylashgan eksplikatsiya – sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va 
belgilar). Bu tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasida qanday joy 
egallaganini ko‗rsatib til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi 
hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma‘noga ega bo‗lmaydi 
Eksplikatsiyadan tashqari grafikada qo‗shimcha ma‘lumotlar ham bo‗lishi 
mumkin: raqamli ma‘lumotlar, takrorlanuvchi qiymatlar va hokazo. Grafika bilan 


14 
ifodalanuvchi mantiqiy fikrlashlar uchun materiallarni qayta ishlash joizdir, uni 
qandaydir belgisiga ko‗ra guruhlash esa, butun bir axborot to‗plami to‗g‗risida hukm 
chiqarishga asos bo‗ladi. 
Berilgan axborotlarni xronologik ketma-ketligi buzilgan taqdirda, grafika 
butunligi taasuroti buziladi. 
Shunday qilib, grafika – bu maxsus, fikrni yaxlit xayoliy qurilmalarning ikki 
o‗lchovli yoki uch o‗lchovli tasvirda ifodalangan grafik obrazi va uning 
eksplikatsiyasidir. 
Grafikalar qurishning texnologik asosini tashkil etishida, ularda ishlatiladigan 
shartli belgilarni ko‗rib chiqamiz. 
Shartli belgilar – bular shunday chizmalarki, ular berilgan sifat 
ko‗rsatkichlarini shartli belgilarda ifodalaydi. Bir xil tushunchalarni belgilashda, bir 
xil shartli belgilardan, turli tushunchalarni belgilashda turlicha belgilar ishlatiladi. 
Natijada, to‗liq, shu bilan birga darajalangan grafik obraz vujudga keladi.
Shartli belgilar quyidagi guruhlarga bo‗linadi: (figurali harflar, raqamlar, ochiq 
va yopiq figuralar, sxematik va sur‘at ko‗rinishidagi tasvirlar); 
- chiziqlar (nisbatlarni belgilash uchun, aloqa chiziqlari, geometrik o‗lchovlarni 
ko‗rsatish uchun (uzunligi, yo‗nalishi, ko‗rinishi va hokazo); 
- fon belgilari – maydon va yuzalarni rang yoki shtrixlar bilan ularning 
xususiyatlarini ko‗rsatish uchun qo‗llash. 
Shartli belgilar chizma yuzasida ma‘lum bir tartibda joylashtiriladi. 
Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj ko‗rinishida, zonal va jadval turi 
ko‗rinishida beriladi. Bu yerda grafikani erkinlashtiruvchi vosita sifatida rangdan 
foydalaniladi. 
Zonal turi – berilgan maydonni bo‗laklarga bo‗lib, har bir bo‗lakka maxsus 
qiymatni biriktirib qo‗yish, har bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida 
bo‗lib, o‗z sarlavhasiga ega bo‗ladi. 
Jadval turi – bu o‗zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat, 
masalan, shaxmat doskasi ko‗rinishida yoki Excel jadval protsessorining ishchi 
zonalariga o‗xshash. 


15 
Grafiklarni tuzishda, uning texnologik asoslarini qurishda, uni yuklash 
muammosini grafika nazarda tutishi kerak. 
Bu yerda qo‗yiladigan asosiy talab – grafika tomonidan ko‗rsatiladigan 
kompleksning eng asosiy qismlari birinchi navbatda, detallar soyasida, ikkinchi 
navbatda, ikkinchi darajali detallar, uchinchi navbatda yordamchi detallar ko‗rsatiladi 
va hokazo. 
Grafikaning yuklamasini kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: 
- ketma-ket detallashtirish usuli (bitta grafik o‗rniga dastlabkisiga o‗xshash 
grafiklar seriyasi tuziladi). 
- ulanish usuli (umumiy tizimga birlashtirilgan bir necha turli xil nuqtalardan 
olingan tasvir). 
- asosiy kontur usuli (umumiy konturga ega grafiklar seriyasini tuzish va har 
bir grafikka o‗z xarakteriga mos keluvchi chizmalar tushirish). 
- oddiy solishtirish usuli (bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan va bir xil qoidalar 
asosida tuzilgan grafiklarni to‗plash). 
Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning yaqqolligini ham nazarda 
tutish zarur. 
Grafikaning yaqqolligini oshiruvchi va uning yuklama qobiliyatini 
ko‗paytiruvchi vositalardan biri – bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada 
aralash - quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda 
aholini zichligini ko‗rsatishda yoki bolalar o‗rtasida o‗lim grafikasini ifodalashda 
turli xil ranglardan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki bu hol regionlar orasida 
go‗yoki uzilishni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bu holda bir xil rangni 
raqamning qiymatiga qarab to‗q- och holatini ishlatgan ma‘qul. 
Kompyuter grafikasida tasvirni sezuvchanlik qobiliyati va uning o‗lchamlari 
muammolari alohida ahamiyatga egadir. Odatda, bir vaqtning o‗zida bir necha 
obyektning bir necha xususiyatlari bilan ishlashga to‗g‗ri keladi. Shu sababli 
quyidagilarni aniq farqlash zarurdir: ekranning sezuvchanligi va tasvirning 
sezuvchanligi. Bu hamma tushunchalar turli obyektlarga xosdir. Bu sezuvchanliklar 
bir-biri bilan mutlaqo bog‗lanmagan. Shu sababli monitor ekranida paydo bo‗ladigan 


16 
tasvirga nisbatan sezuvchanlik talablari qo‗yilmaguncha yoki chop etiladigan yoki 
qattiq diskga chiqariladigan Fayl sezuvchanligi berilmaguncha biror - bir so‗z aytish 
qiyin. 
Ekran sezuvchanligi – bu xususiy kompyuter tizimi (monitor va videokarta 
xususiyatlariga bog‗liq) va operatsion tizim (Windowsni sozlashga) ga bog‗liq. 
Ekranning sezuvchanligi piksellarda o‗lchanadi va butun ekranga qanday 
o‗lchamdagi tasvirlar sig‗ishini ko‗rsatadi. 
Printer sezuvchanligi – bu printerning sifat belgisi bo‗lib, uning ma‘lum bir 
birlik uzunlik maydonida nechta alohida nuqta chop etilishi mumkinligini ko‗rsatadi. 
Bu xususiyat dpi birliklarida (nuqta va dyum) o‗lchanadi va berilgan sifatdagi tasvir 
o‗lchovlarini ko‗rsatadi yoki, aksincha, berilgan o‗lchamlarda hosil bo‗ladigan 
tasvirning sifatini bildiradi. 
Tasvirning sezuvchanlik qobiliyati – bu tasvirning o‗z xususiyatidir. U ham bir 
dyumga to‗g‗ri keladigan nuqtalar soni (dpi-dots) bilan o‗lchanadi va tasvirni grafik 
tahrirlagich bilan yaratish jarayonida yoki skaner tomonidan belgilanadi. Tasvirning 
sezuvchanligi tasvir faylida uning fizik o‗lchami sifatida saqlanadi. Tasvirning fizik 
o‗lchamlari piksellar yordamida yoki uzunlik o‗lchovi birliklarida (millimetrda, 
santimetrda, dyumda) o‗lchanishi mumkin. U tasvirni yaratayotganda beriladi va fayl 
bilan birgalikda saqlanadi. Agar tasvirni chop etish uchun tayyorlanayotgan bo‗lsa, u 
holda uning o‗lchamlari uzunlik birliklarida beriladi. Shu yo‗l bilan u qog‗ozni 
qancha qismini egallashi aniqlanadi. Agar tasvirning o‗lchamlari piksellarda berilgan 
bo‗lsa, uni uzunlik o‗lchamiga o‗tkazish yoki, aksincha, uzunlik o‗lchovidan piksel 
o‗lchoviga o‗tish hech qanday qiyinchilik tug‗dirmaydi. 
Rastrli grafika bilan ishlash uchun qo‗yilgan masaladan kelib chiqqan holda 
kompyuter tanlanadi. Uyda raqamli fotografiya bilan shug‗ullanganda, operativ 
xotirasi taxminan 1Gbaytdan yuqori va protsessorining tezligi Dual Core 2000 Mgts 
dan yuqori kompyuter kerak bo‗ladi. Reklama rasmlarini tayyorlash uchun esa, 
operativ xotirasi 2 Gbaytdan yuqori va tezligi Dual Core 2000 Mgts dan yuqori 
protsessorli kompyuter kerak bo‗ladi. Rangli jurnal yo‗laklarini tayyorlash uchun 
ba‘zan grafik ishchi stansiyalar deb ataluvchi maxsus kompyuterlar talab qilinadi. 


17 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə