R = 0 … 256; G = 0 … 255; B = 0 … 255.
Ranglar soni 256 x 256 x 256 = 16 777 216 (2
24
) tani tashkil etadi.
Kodlashning bunday usulini qismlar (komponentlar) usulida kodlash deb atash
mumkin. Kompyuterda True Color tasviri kodlari baytlar uchligi tarzda beriladi yoki
uzun birlikka (to‗rt baytli) – 32 bitga joylashtiriladi (masalan, API Windows da
shunday qilingan):
S = 00000000 bbbbbbbb gggggggg rrrrrrrr.
Kompyuter grafikasi tizimlaridagi tasvirlar bilan ishlaganda ko‗pincha
tasvirning sifati (iloji boricha ko‗proq rang talab etiladi) va tasvirni saqlash va qayta
tiklash uchun zarur bo‗ladigan va, masalan, xotira hajmi bilan hisoblanadigan,
resurslar (bir pikselga to‗g‗ri keladigan bitlar sonini kamaytirish kerak) o‗rtasida
kelishi holatini izlashga to‗g‗ri keladi.
Bundan tashqari, ba‘zi tasvirlar o‗z-o‗zicha chekli ranglardan foydalanishi
mumkin. Masalan, chizmachilik uchun balki ikki xil rang etarli bo‗lar, inson yuzi
uchun pushti, sariq, qirmizi, qizil, yashil, ranglarning nozik turlari; osmon uchun esa
– havo rang va kul ranglar nozik turlari etarli. Bunday hollarda to‗liq rangli
kodlashdan foydalanish ortiqchalik qiladi.
Ranglar sonini qisqartirishda mazkur tasvir uchun muhim bo‗lgan ranglar
to‗plamini aks ettiruvchi palitradan foydalaniladi. Palitrani ranglar jadvali sifatida
qabul qilish mumkin. Palitra tanlangan rang modelida rang kodi va uning tashkil
etuvchi qismlari (komponentlari) o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarini aniqlaydi.
56
Misol tariqasida EGA va VGA 16 – rangli videorejimlarning standart
palitrasini beramiz.
Rangkodi
R
G
B
Rangning nomi
1
2
3
4
5
0
0
0
0
Qora
1
128
0
0
To‗q qizil
2
0
128
0
Yashil
3
128
128
0
Jigar rang-yashil
4
0
0
128
To‗q yashil
1
2
3
4
5
5
128
0
128
To‗q zarg‗aldoq
6
0
128
128
Yarim havo rang
7
128
128
128
Yarim kul rang
8
192
192
192
Chorak kul rang
9
255
0
0
Qizil
10
0
255
0
Ochiqyashil
11
255
255
0
Sariq
12
0
0
255
Ko‗k
13
255
0
255
Zarg‗aldoq
14
0
255
255
Havo rang
15
255
255
255
Oq
Bunday palitraning kamchiligi sifatida muhim ranglardan biri bo‗lgan
zarg‗aldoq rangning yo‗qligi hisoblash mumkin. Shuningdek boshqa, masalan, VGA
uchun 256 rangli standart palitralar ham mavjud. Kompyuterlardagi videotizimlar
odatda dasturiga o‗zining palitrasining o‗rnatish imkoniyatini beradi.
Palitradan foydalanadigan tasvirning har bir rangi indekslar bilan kodlanadiki,
ular palitra jadvalidagi qator raqamini aniqlaydi. Shuning uchun ranglarni
kodlashning bunday usuli indeksli kodlash deb ataladi.
|