1.4. Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu sohasiga oid
g’oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan yuzlab, hatto minglab yillar ilgari
mavjud bo’lganligini kuzatish mumkin.
Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod etilishi bugungi kunda
“personalni boshqarish” nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol
bo’la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og’irlikka ega
og’ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha
olisda tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish va o’rnatish puxta
rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa, ehromlarni barpo qilayotgan, asosan qullardan
iborat 100 ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o’ttiz yil davomida boshqarib
turish oson bo’lmagan.
Mehnatni tashkil etishning yuqori samarali usullari qadimgi Rim va SHarqda
ham mavjud edi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib, nafaq iqtisodiy,
balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga dadil kirib bormokda.
Ayniqsa, buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy va
boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta ahamiyatga egadir.
Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo’lganini butun dunyo tan oladi,
Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etish tartibi
o’z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq
bo’lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi - bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat
arkoni davlat -
Vazirlik Mahkamasi boshqargan. Vazirlardan biri -
mamlakat va raiyat vaziri viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar va obodonchilik
masalalari bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi -
vaziri sipoh, deb atalib harbiy ishlar