Mavzu: Tana biomexanikasi va bemor xavfsizligini ta’minlash. Reja



Yüklə 86,13 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü86,13 Kb.
#154587
  1   2   3
Tana biomexanikasi



Mavzu: Tana biomexanikasi va bemor xavfsizligini ta’minlash.

REJA;

1 Tana biomexanikasi
2 Bemorning o‘rindagi harakatlari.
3 Bemor shikastlanishining oldini olish



Tana biomexanikasi va bemor xavfsizligini ta’minlash
Og‘ir bemorlarni parvarish qilish jarayonida o‘rtacha malakali tibbiy xodimlar jismoniy zo‘riqishga duchor bo‘ladi. Bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirish, tuvak qo‘yish, zambil va aravachalarni, appa- ratlarni joydan-joyga olib yurish kabi ancha og‘ir ishlar umurtqa pog‘onasi shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tana biomexanikasini bilish shikastlanishlarning oldini olish asosidir.
O‘tirish-turishning ham qoidalarini bilish lozim. O‘tirish vaziyatining qoidalari quyidagicha:

  1. tizzalar sondan yuqori vaziyatda bo‘lishi shart (bu holat tana og‘irligi umurtqa pog‘onasining bel bo‘limiga tushishini kamaytiradi);

  2. orqani to‘g‘ri tutish lozim, qorin muskullari tarang bo‘lishi kerak;

  3. yelkalarni rostlab, simmetrik holda tutish kerak;

  4. o‘tirgan vaziyatda o‘girilish uchun, faqat ko‘krak va yelkalar bilan emas, balki butun gavda bilan o‘girilish lozim.

Agar hamshiraning ish faoliyati stulda o‘tirib faol harakat va o‘giri- lishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, unda bu stul aylanadigan yoki g‘ildirakli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, stulni to‘g‘ri tanlash kerak. Uning balandligi va chuqurligi quyidagi holatlarda to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi:

  1. sonning 2/3 qismi o‘rindiqda joylashsa;

  2. tovon zo‘riqishsiz polga tegib turgan bo‘lsa.

Agar stulning o‘lchamlari mos kelmasa, tananing biomexanikasi to‘g‘ri bo‘lishi uchun har xil moslamalardan foydalaniladi (yostiqchalar, oyoq uchun taglik va hokazo).
Turish vaziyatidagi tana biomexanikasi quyidagicha:

  1. tizzalarni shunday bo‘shashtirish kerakki, tizza bo‘g‘imlari erkin harakatlansin;

  2. tana og‘irligi ikkala oyoqqa barobar tushsin;

  3. oyoqlar tovoni yelka kengligida bo‘lishi zarur;

  4. umurtqa pog‘onasining bel sohasidagi og‘irligini kamaytirish uchun bosh va gavdani to‘g‘ri tutish kerak;

  5. yelkalar son bilan bir xil sathda bo‘lishi shart;

  6. turgan holatda aylanmoqchi bo‘lsangiz, avval tovon, keyin esa butun gavda bilan aylaning.

Og‘ir narsa ko‘targanda, tananing to‘g‘ri biomexanikasi quyidagicha:

  1. og‘ir narsa ko‘tarishdan avval tovonlar orasi 30 sm bo‘lib, biri oldiga hiyol surilib turishi kerak (bu tayanchni va muvozanatni saqlab qolishga yordam beradi).

  2. ko‘tarmoqchi bo‘lgan bemoringizning yonida shunday turingki, oldiga qarab egilishingizga ehtiyoj qolmasin, uni bag‘ringizga bosib turing;

  3. faqat tizzalaringizni buking, gavdangizni to‘g‘ri tutishga harakat qiling;

  4. keskin harakatlanmang.


Yüklə 86,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə