10-Mavzu: Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə1/4
tarix26.01.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#99450
  1   2   3   4
10 маруза с


10-Mavzu: Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Reja:
1.Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
2.Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining boshqa fanlar bilan bogliqligi

Tayanch iboralar: Biomexanika, sport biomexanikasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi, xronofotografiya usullari, xronofotogramma, biosistema, mexanika qonuni, dinamika
Odam butun hayoti davomida tashqi muhit bilan doimo muloqotda bo'ladi . Tashqi muhit odam organizmiga, odam organizmi esa, o'z navbatida, tashqi muhitga ta'sir ko'rsatadi. Bunda, odam tanasining harakatlari muhim rol o'ynaydi. Bu esa odam tanasining harakatlarini biomexanika jihatidan o'rganishga alohida e'tibor berishni talab qiladi.
Biomexanika — tirik sistemalarning mexanik harakatlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi. Tirik organizmlarga — butun bir organizm, masalan, odam tanasi, uning ayrim organlari, to'qimalari, organizm ichidagi suyuqliklar va gazlar, organizmlar birlashmasi (masalan, hamkorlikda mashq bajarayotgan akrobatlar, kurash tushayotgan kurashchilar) kiradi.
Jismoniy mashqlar biomexanikasi haqidagi hozirgi tushunchalar: biologiya, mexanika va jismoniy tarbiya nazariyasiga asoslangan. Shu boisdan har bir talaba biomexanika kursini yaxshi o'zlashtirishi uchun sportchi tanasining harakatlarini mustaqil biomexanik tahlil qila olishi, sport texnikasini o'rganishda o'z malakasini oshirishi lozim bo'ladi.
Sport biomexanikasi odam tanasi jismoniy mashqlar bajarishi vaqtida yuzaga keladigan harakatlarni o'rganadi. Harakatlarning o'zinigina o'rganib qolmasdan, balki ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni ham o'rganadi. Harakatlar sabablarini o'rganishda, ayniqsa, biologik va mexanik sabablarga katta ahamiyat beriladi. Odam tanasining mexanik harakatlarini yaxshi tushunish uchun harakatning o'zi nimaligini bilib olishimiz kerak. Dunyoda hamma jism harakatda bo'ladi. Galaktika, Yer, odam tanasi va uning qismlari, hujayra molekulalari, atomlar va ularning tarkibiy qismlari: odam ongi ham materiya harakatining bir turidir. Harakatning murakkab shakllari oddiy shakllarini o'z ichiga oladi. Harakatni oddiy shakllari orasida eng oddiysi mexanik harakat hisoblanadi. Mexanik harakatlar hamma harakatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Sport biomexanikasida o'rganiladigan odam harakatlari ham mexanik harakatlardan tashkil topgan. Lekin bu mexanik harakatlar murakkab harakatlarning bir qismi bo'lib, odam ongiga, ihtiyoriga bo'ysunadi. Shuning uchun biologik mexanika (biomexanika) jonsiz jismlar mexanikasidan birmuncha farq qiladi.
Biomexanika fanining rivojlanish tarixi hozir o'rganilayotgan biomexanika fani anatomiya, fiziologiya, fizika, matematika va boshqa fanlarga asoslangan. Tirik organizmlarning harakatlari qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan. Qadimgi yunon tabiatshunoslaridan Arastu, rimlik shifokor Klavdiy Galen va boshqa olimlarning bu sohadagi qarashlari hali ham o'z kuchini yo'qotgan emas. Jumladan Klavdiy Galen gladiatorlar maktablarida ishlab, tajribalar o'tkazgan. U bo'g'imlardagi harakatlar muskullar qisqarishi natijasida kelib chiqishini isbotlagan. Bosh miyadan keladigan impulslar ta'sirida muskullar qisqaradi, deb aytgan. Galen muskullarning tuzilishi haqida, antogonist va sinergist muskullar haqida tushuncha bergan. O'rta osiyolik buyuk olim Abu Ali ibn Sino muskullarning tuzilishini o'rganib, odamlarni davolashda birinchi bo'lib jismoniy mashqlarni qo'llagan. Italiyalik buyuk rassom, matematik, mexanik va injener Leonardo da Vinchi anatomiya va mexanika fanlariga asoslanib, odam tanasining liar xil holatlarini va harakatlarini o'rganib chiqqan. Fransuz shifokori va matematigi Djovani Alfonso Borelli birinchi bo'lib biomexanika kitobini yozgan. Bu kitob „Hayvonlar lomotsiyasi", ya'ni hayvonlar harakatlari deb nomlangan bo'lib, unda u harakatlarning hammasini uch turga bo'lgan:

  1. tayanch sathidan itarilish (yurish, yugurish, sakrash);

  2. tashqi muhitdan, suv yoki havo oqimidan itarilish, suzish, uchish;

  3. tananing yuqoriga tortilishi, chiqishi.

Fransuz fiziologi Etyen-Jyul Marey odamning harakatlarini rasmga tushirish usullarini chuqur o'rgangan. U odam harakatlarini qog'ozga tushirishning yangi usullarini, ya'ni xronofotografiya usullarini ishlab chiqdi. Xronofotografiya usulida odamning harakatlari plyonkaga tushirilib o'rganiladi. Rasmga tushirish natijasida fotoplyonkaga fazoda harakat qilayotgan odam tanasining harxil holatlari tushadi. Bu rasmga qarab, odamning fazoda qanday harakat qilayotganini aytib berish mumkin. Rasmga olish tezligini bilgan holda, tananing harakatini va uning joy o'zgartirishini aniqlash mumkin. Marey rasmga olayotgan odamga qora kiyim kiydirib, asosiy bo'g'imlarini oq lenta bilan bir-biriga birlashtirgan holda rasmga tushiradi. Bunday rasmga faqat zvenolarning joylashish sxemasi va tananing shu momentdagi harakatlari tushadi. Bunday rasm xronofotogramma deb ataladi. Unda harakatni kinematika nuqtayi nazaridan analiz qilib, uning o'tgan masofasini, tezligini, tezlanishini va vaqt birligini aniqlash mumkin. Nemis olimlaridan Vilgelm Braun va Otto Fisher tajriba yo'li bilan odam tanasi qismlarining nisbiy og'irligini va og'irlik markazlarini aniqlagan. Rossiyada P.F. Lesgaft biomexanika fani asoschisi hisoblanadi. Biomexanika fani „Tana harakatlari nazariyasi" deb yuritilar edi. U, ayniqsa, jismoniy mashqlar biomexanikasining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. „Tabiiy gimnastika asoslari" kitobi bilan jismoniy mashqlar biomexanikasiga katta yo'l ochib berdi. „Tana harakatlari nazariyasi" kursida jismoniy mashqlarni odam tanasining tuzilishiga va bo'g'imlarining harakatiga qarab tanlash kerak, deb aytgan. 1888 - 1901-yillarda P.F.Lesgaft „Maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiyadan qo'llanma" deb nomlangan kitobini yozib tugatadi. Bu qo'llanmada u quyidagi savollarga to'xtalib o'tadi: maktab o'quvchilari jismoni y mashqla r bajarganid a oldiga qo'yilga n maqsadlari; jismoni y mashqlar-nin g turi; odam tanasidagi muvozanat nuqtasini aniqlash va hokazo. Bu qo'llanmad a yurish , yugurish , sakrash va suzish nazariyalarini ishlab chiqib, ularni batafsil bayon etadi. „Tana harakatlari nazariyasi" kursini P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya kursi, keyinchalik esa mashqlar biomexanikasi deb yuritgan. I.M.Sechenov birinchi bo'lib organizm harakatlarining markaziy nerv sistemasi orqali boshqarilishini isbotladi. U o.'zining „Odamning ish harakatlari to'g'risida ocherk" kitobida odam harakat apparatining tuzilishini, suyak richaglarining tuzilishini, ishchi muskullarning qisqarishini va energiyasini bayon etadi. Qo'l, oyoqlarning ish harakatlari, qo'l va oyoqlarning gavda bilan birgalikdagi murakkab harakatlari analizini beradi. Biomexanikaning rivojlanishida Sankt-Peterburg universitetining professori A.A.Uxtomskiyning „Harakat apparatining fiziologiyasi" kitobi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Tirik sistemalarning mexanik harakati Tirik sistemalarning mexanik harakati quyidagilar bilan ifodalanadi:
a) ta'sir etuvchi muhitga nisbatan biosistema o'z joyini o'zgartirishi (tayanch sathi, boshqa tanalar va hokazo.);
b) biosistemaning deformatsiyaga uchrashi — biosistema qismlari bir-biriga nisbatan o'z joyini o'zgartirishi.
Nyuton mexanikasining asosiy qonunlari absolut qattiq jismlar harakati haqida so'z yuritadi. Tabiatda esa bunday jismlaryo'q. Lekin qattiq jismlar deformatsiyasi shunchalik kam bo'ladiki, uni e'tiborga olmaslik ham mumkin. Tirik sistemalarda esa uning tarkibiy qismlari bir-biriga nisbatan o'z joyini o'zgartirishi mumkin. Natijada tirik sistemalarning harakati, shu jumladan, odamning ham harakati yuzaga keladi. Tirik sistemani tashkil etadigan qismlar ham (masalan, odam tanasida umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi va hokazolar), o'z navbatida deformatsiyaga uchraydi. Shu sababdan, tirik organizmlar harakatlangan vaqtda shu sistema joy o'zgartirishi uchun va uning tarkibiga kiradigan qismlari deformatsiyasi uchun kuch sarflanadi. Tabiatdagi harakatlar absolut mexanik harakatlar bo'lib qolmaydi, mexanik energiya boshqa bir turga (masalan, issiqlik energiyasiga ) aylanadi . Odam tanasinin g sport biomexanikasida o'rganiladigan mexanik harakatlari tashqi muhitdan ta'sir etadigan mexanik kuchlar (og'irlik kuchi, ishqalanish kuchi va boshqalar) va muskullarning tortish kuchi orqali yuzaga keladi. Muskullar kuchini markaziy nerv sistemasi boshqaradi, demak, ularning harakati fiziologik jarayonlar orqali yuzaga keladi. Shunday qilib, tirik organizmlar harakatini yaxshi tushunish uchun, faqat uning mexanikasini o'rganib qolmasdan, balki biologik tomonlarini ham chuqur o'rganish lozim. Tirik organizmlarning harakatlari mexanika qonunlariga deyarli bo'ysunmaydi. Tirik organizmlar absolut qattiq jonsiz jismlardan qancha farq qilsa, tirik organizmning mexanik harakatlari ham absolut qattiq jonsiz jismlar harakatidan shuncha farq qiladi. Shuning uchun mexanikaning umumiy qonunlarini tirik organizmlarga nisbatan tatbiq etishdan oldin ularning biologik xususiyatlarini e'tiborga olish kerak.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə