10-Mavzu: Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


Sport biomexanikasi o'z oldiga uchta asosiy vazifani qo'yadi



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə3/4
tarix26.01.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#99450
1   2   3   4
10 маруза с

Sport biomexanikasi o'z oldiga uchta asosiy vazifani qo'yadi:
a) sportchi tanasining tuzilishini, xususiyatlari va harakat funksiyasini o'rganish;
b) ratsional sport texnikasini o'rganish;
d) jismoniy mashqlar bajarishda sportchi texnikasini takomillashtirish.
Sport biomexanikasidagi harakatlar odam tanasining tuzilishiga bog'liqligi uchun odamning harakat funksiyasini, yoshini, jinsini va jismoniy rivojlanganligini batafsil o'rganib chiqadi. Demak, sport biomexanikasining oldiga qo'yilgan eng birinchi vazifa — sportchining, uning tanasining xususiyatlarini va imkoniyatlarini o'rganishdan iborat. Sportchi musobaqalarda g'olib chiqishi uchun o'zi uchun eng qulay bo'lgan sport texnikasini qoilashi kerak. Sport biomexanikasining turi harakat gruppalarini tekshirib chiqib, ularni takomillashtirish yoiini izlaydi. Materialistik dialektika nazariyasiga ko'ra, dunyodagi barcha jismlar sistemalardan iborat deb hisoblanadi. Bu sistemalarni tashkil etuvchi qismlar va ular ichida boradigan jarayonlar bir-biriga bevosita bog'liq holatda bo'ladi. Odam tanasining harakatlarini ham harakat tizimi deb hisoblash mumkin.
Odam tanasining harakati o'zi nima? Buni qanday tushunish mumkin? Odam o'z tanasini, joylashgan joyini. va uning holatlarini o'zgartirishini tana harakati deb hisoblaymiz. Odam tanasi harakat qilgan vaqtda, tanasining qismlari bu harakatning ma'lum bir bo'lagini bajaradi va natijada, biron-bir maqsadga yo'nalgan butun bir harakat kelib chiqadi. Agar tizimga kiruvchi bironbir harakat (son, boldir yoki oyoq panjasining harakati) o'zgarsa, unda tizimning harakati ham o'z - garadi. Odam tanasining harakatlari ongli ravishda, biron-bir maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi.
Harakatlarning biomexanika nazariyasi asoslariga mexanik va reflektor harakatlar kiradi. Tananing mexanik harakatlari mexanik kuchlar ta'sirida yuzaga keladi va mexanika qonunlariga bo'ysunadi.
Sport biomexanikasini yaxshi bilish — jismoniy mashqlarni analiz (tahlil) qilish yo'li bilan o'rganishga imkon beradi.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə