10-Mavzu: Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


Biomexanika kursi uch qismga bo'linadi



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə4/4
tarix26.01.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#99450
1   2   3   4
10 маруза с

Biomexanika kursi uch qismga bo'linadi:
1. Umumiy qism.
2. Jismoniy mashqlar bajarganda odam tanasining statika holatlari.
3. Jismoniy mashqlar bajarganda odam tanasining dinamik holatlari.
Odam harakatlarini o'rganishda mexanika qonunlari va tushunchalarining qo'llanilishi .Tinch va harakat holatlari.
Odamning fazodagi har hil harakatlarini va ularni yuzaga keltiruvchi kuchlarni aniqlash uchun mexanik a qonunlari va tushunchalaridan foydalanish zarur.
Harakat, tinch holat, tezlik, tezlanish, kuch, massa, ish, inersiya—bular biomexanikani o'rganishdagi asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Mexanika qonuni bo'yicha har xil jism, shu jumladan, odam tanasi ham, ikki xil holatda— (tinch yoki harakat holatida bo'lishi mumkin. Agar jism boshqa jismlarga nisbatan o'z holatini o'zgartirsa, uni iliarakatda deb aytamiz. Masalan, tepib yuborilgan to'p yoki turnikda harakat qilayotgan odam. Tinch holat faqat nisbiy bo'ladi, absolut tinch holat bo'lmaydi.
Agar auditoriyada darsda o'tirgan talabani tinch holatda deb hisoblasak, bu noto'g'ri fikr, chunki talaba organizmida har xil harakatlar yuzaga keladi. Tinch holatda o'tirgan odamning ichki organlarida ichaklarning harakati, qonning harakati, nafas olishi, yurak urishi va boshqa harakatlar bo'ladi. Shuning uchun tinch holat ham, harakat holati ham boshqa jismlarga nisbatan olib o'rganiladi. Kinematika. Odamning fazodagi harakatlari vaqt birligida bo'ladi. Bu harakatlar har xil sabablarga ko'ra yuzaga keladi. Masalan, turnikda aylanayotgan odam tana muskullarining qisqarishi natijasida harakatga keladi. Tananing aylanishiga sabab bo'lgan kuchlarni o'rganmasdan faqatgina harakatning o'zini o'rganish mumkin. Harakatning sabablarini o'rganmasdan faqat shu harakatlarning o'zini o'rganuvchi mexanikaning qismiga kinematika deb ataladi.
Kinematikada ikki xil harakat bo'ladi:
1. Ilgarilama harakat.
2. Aylanma harakat.
Masalan, parashut bilan sakrash, tramplindan suvga sakrash. Bular ilgarilama harakatga misol bo'ladi. Aylanma harakatda esa, tana o'z o'qi atrofida aylanadi. Masalan, turnikda aylanish yoki konkida „volchok" qilish. Agar ilgarilama va aylanma harakat vaqt birligida bajarilsa — bunday harakat murakkab harakat deyiladi. Masalan, yurish, yugurish va hokazo. Odamning harakatlari, asosan, murakkab harakatlarga kiradi. Kinematikaning asosiy o'lchamlari tezlik va tezlanishdir.
Ilgarilama harakat to'g'ri chiziqli va egri chiziqli bo'lishi mumkin. Masalan, chang'ida tepalikdan tushish. To'g'ri chiziqli harakatda tezlikning katta-kichikligi o'zgarsa, qiyshiq chiziqli harakatda tezlikning yo'nalishi ham o'zgaradi. Tezlik yo'nalishining o'zgarishi, markazga mliluvchi tezlanish bilan xarakterlanadi.
Dinamika. Mexanikaning harakatlarni va ularning sabablarini o'rganuvchi qismi dinamika deb ataladi. Dinamika, asosan, harakatdagi jismlarning bir-biriga la'siri va o'zaro munosabatini o'rganadi. Dinamikaning hamma harakatlari asosan kuch ta'sirida bo'ladi.
Dinamikadagi harakatlar Nyuton qonunlariga bo'ysunadi.

  1. qonun — inersiya qonuni. Agar jismga boshqa bir jism ta'sir etmasa, u o'lining tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli ilgarilama harakatini saqlaydi. Masalan, tepib vuborilgan to'p.

  2. 2- qonun. Jism harakatining tezligi ta 'sir etgan kuchga to 'g 'ri, massaga teskari proporsionaldir: a — tezlanish; m — massa; F— kuch. Masalan, sportchi har xil og'irlikdagi yadroni ny'itganda, albatta, yengilini uzoqroq masofaga irg'itishi mumkin.

  3. 3- qonun. Ikki jism bir-biriga ta'sir etganda, ularning k uchi bir-biriga teng va qarama-qarshi yo 'nalgan bo 'ladi:

F = -F yoki F
Nazorat savollari:
1.Biomexanika nimani o'rganadi?
2.Harakat shakllari haqida tushuncha.
3.Tirik sistemalardagi mexanik harakatlar.
4. Odam harakatlarining o'ziga xosligi
5. Sport biomexanikasining maqsadi.
6. Sport biomexanikasini o'rganish usullari.
7. Biomexanikani o'rganishga mexanika fanining ta'siri.
8. Biomexanikani o'rganishda matematik yo'nalishdan foydalanish.
9. Biomexanikani o'rganishda odam anatomiyasining roli.
10. Biomexanika va Abu Ali ibn Sino.
11. Biomexanikaning fiziologik yo'nalishi.
12. Biomexanikaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə