10-Mavzu: Jismoniy mashqlar biomehanikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


Odam tanasi mexanik harakatlarining o'ziga xosligi



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə2/4
tarix26.01.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#99450
1   2   3   4
10 маруза с

Odam tanasi mexanik harakatlarining o'ziga xosligi.
Odam tanasining harakatlari eng murakkab harakatlardan biri hisoblanadi. Bu harakatlar murakkabligi bilan boshqa harakatlardan farq qilishidan tashqari, u odam ongiga, ya'ni bosh miya ixtiyoriga bo'ysunadi. Odam o'z harakatlarini doim nazorat qilib turadi va ma'lum bir maqsadga yo'naltiradi. Harakati natijasida tanasini jismoniy (ihatdan rivojlantiradi, o'zi sog'lom bo'ladi. U o'z harakat laoliyati orqali mehnat qilish, gapirish va yozish, tabiatni o'zgartirishi qobiliyatiga ega. Odam tanasining harakatlari muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Odam o' z xohishiga qarab, biron-bir harakatni boshlashi va maqsadga erishganidan keyin uni to'xtatishi mumkin. Odam tanasining harakatlari doim biron-bir maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi (masalan, gimnastikada— tunrnikda aylanish yoki „qaldirg'och" mashqini bajarish). Odamning harakatlari tana qismlarining harakatlarini o'z ichiga oladi va ularni umumlashtiradi. Tana qismlarining bo'g'imlarining o'z holatini saqlab turishi ham tana harakatlariga kiradi. Tana o'z muvozanatini ma'lum bir holatda saqlab turishi mumkin, bu ham tana harakatiga kiradi. Butun bir tananing harakatida tana har bir qismining o'z vazifasi bor, ular tana harakatida uning ma'lum bir qismini bajaradi. Agar sportchi bajarayotgan mashqining maqsadiga yaxshi tushunsa, u har bir harakatni takomillashtirishi va rivojlantirishi mumkin. Biomexanikada bo'ladigan harakatlarga biologiya va mexanika nuqtayi nazaridan qaralganda ham, bu harakatlar bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini, ma'lum bir maqsadga yo'naltirilganligini va odam ongi orqali boshqarilishini e'tiborga olish lozimdir.
Sport biomexanikasi, uning nazariyasi va usullari Sport biomexanikasidagi harakatlarni o'rganishdan maqsad—ularni takomillashtirish va bajarish sifatini yaxshilashdan iborat. Harakatlarni o'rganishda tarbiyaviy yo'nalishga asoslanamiz. Harakatlarning takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqishdan oldin, ularga va bajarish usullariga baho berish kerak. Eng awalo, har bir harakat - ning samaradorligi qanday sharoitga bog'liq, qanday usul bilan uni yaxshilash mumkin. A.A.Uxtomskiy fikricha, harakatnin g mexanik energiyasini, ish bajarishini biomexanik tekshirish yo'l bilan o'rganish mumkin.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə