Mavzu: Tana biomexanikasi va bemor xavfsizligini ta’minlash. Reja



Yüklə 86,13 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü86,13 Kb.
#154587
1   2   3
Tana biomexanikasi

Bemorning o‘rindagi harakatlari
Bemorni zambildan o‘ringa yotqizishda yoki aksincha harakat bajarayotganda hamshira eng katta jismoniy zo‘riqishga uchraydi, shuning uchun bu muolajani bir o‘zi bajarmasligi kerak. Avval bemorning ishtiroki va yordami qay darajada bo‘lishini aniqlay olishi darkor.

  1. Bemor bir oyoqda turib, muvozanat saqlay oladimi va bir qancha muddat tik tura oladimi?

  2. Bemor muvozanat saqlay oladimi?

  3. Eshitish va ko‘rish qobiliyati yaxshimi?

  4. Sizni yaxshi tushuna oladimi?

  5. Bo‘ladigan muolaja unga qanday ta’sir etadi, qo‘rqish hissini uyg‘otmaydimi?

Ana shu savollarga javob olingandan keyin hamshira yordamchisi bilan birgalikda o‘tkazilajak muolajaning rejasini tuzadi.
Bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirishda hamshira va bemor gavdasining to‘g‘ri biomexanikasini saqlab qolishni esda tutish kerak. Bu ishni bajarishda quyidagi qoidalarni bilish va ularga amal qilish zarur:

  1. bemorning o‘rnini hamshiraning og‘irlikni ko‘tarish markazi sathiga keltirish;

  2. yostiq va ko‘rpani olib qo‘yish;

  3. o‘rinni gorizontal holatga keltirish;

  4. bemorni chalqancha yotqizish;

  5. boshining tepasiga yostiq qo‘yish (uning boshi krovat suyan- chig‘iga urilishining oldini oladi);

  6. bemorning oyoq tomonida, o‘ringa nisbatan 45% burchak ostida turish;

  7. oyoqlarni yelka kengligida kerib turib, bosh tomonga yaqin oyoqni orqaroqqa surib turish;

  8. bir oz o‘tirib olgan holda, hamshira qo‘llarini bemor oyoqlari sathiga to‘g‘rilashi kerak (bunda hamshira tanasining og‘irlik markazi pastga tushib, og‘irlik oyoq muskullariga to‘g‘ri keladi);

  9. og‘irlik markazini orqaga surilgan oyoqqa tushirish;

  10. bemorning oyoqlarini diagonal bo‘ylab krovatning bosh tomoniga surib qo‘yish;

  11. bemor hamshira sonlari bo‘ylab suriladi;

  12. hamshiraning qo‘llari bemorning sonlari sathida bo‘lishi uchun, bir oz o‘tirib olish kerak;

  13. bemorning sonlari yana krovatning bosh tomoniga nisbatan diagonal bo‘yicha suriladi;

  14. bemorning gavdasi bo‘ylab surilib, shu sathigacha bir-muncha o‘tirib olish;

  15. shunda qo‘llari bemor gavdasi sathida bo‘lishi kerak;

  16. hamshira bir qo‘li bilan bemorning bo‘yni — yelkasi aralash ushlab oladi;

  17. ikkinchi qo‘li bilan bemorning orqasidan ushlaydi;

  18. bemorning bo‘yni, boshi, yelkasi va gavdasi krovatning diagonali bo‘ylab suriladi;

  19. o‘rinning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tib, to bemorning gavdasi kerakli tekislikni olmaguncha 6—18- bandlardagi harakatlarni qaytarish;

  20. bemorni krovatning o‘rtasiga surish;

  21. bemor o‘rindan yiqilib tushishining oldini olish;

  22. bemorga qulay vaziyat yaratish;

  23. krovatni pastlatish;

  24. hamshira qo‘llarini yuvishi kerak.

Agar bemor ayrim harakatlarni o‘zi bajara olmasa, unga bitta yoki ikkita hamshira yordam beradi. Bunda bemor chalqancha yotqiziladi, krovatning bosh qismi gorizontal holatga keltiriladi.
Keyingi bajaraladigan ishlar quyidagicha:

  1. hamshira krovatning bosh tomoniga qarab turadi;

  2. ikkala hamshira ham qo‘li bilan bemorning yelka va sonlari ostidan oladi yoki hamshiralardan biri bir qo‘li bilan bemorning boshi va yelkasini ushlab oladi. Ikkinchi qo‘li bilan bemorning o‘ziga yaqin bo‘lgan qo‘li va yelkasidan ushlaydi. Boshqa hamshira bemorning oyoq tomonida turib, qo‘llarini uning sonlari va belining tagiga kirgizadi;

  3. oyoqlarni yelka kengligida qo‘yadi;

  4. bemor tovonini o‘rindan ko‘tarmasdan tizzalarini bukishini so‘raydi;

  5. bemordan dahanini ko‘kragiga engashtirishni so‘raydi (bu holat bemorning faolligini oshiradi);

  6. hamshira bir oz o‘tirib olib, bilaklarini krovat sathiga keltiradi (bunda muvozanat yaxshilanadi, gavda og‘irligi markazi suriladi);

  7. bemordan tovoniga suyanib, nafas chiqarib turib, krovatning bosh tomoniga surilishni so‘raydi (nafas chiqarishdagi harakat Valsalva sindromi effektining oldini oladi);

  8. hamshira uchun qulay vaziyat hosil qilgach, qo‘llarini yuvadi.

Bemorning o‘rindagi turli vaziyati
Bemor o‘rinda chalqancha, qorni bilan va yonboshlab yotganda ham gavdasining to‘g‘ri biomexanikasini hisobga olish zarur. Ayniqsa, darmonsiz va majburiy uzoq yotgan bemorlar uchun bu narsaning ahamiyati katta. Shuning uchun bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirishdan avval hamma moslamalar (yostiqlar, tayanchlar) yetarli ekanligi aniqlanadi. Ish boshlashdan avval, krovatni (imkoni bo‘lsa) hamshira uchun qulay balandlikka ko‘tarib, ko‘rpa va yostiqni olib qo‘yish kerak.
Bemor uchun o‘rinda qanday vaziyat hosil qilishdan qat’i nazar, o‘rinni gorizontal holatga keltirish va uni krovatning bosh tomoniga surish kerak.
Bemorni Fauler vaziyatida yotqizish
Fauler vaziyatida bemor yarim yotgan va yarim o‘tirgan holatda bo‘ladi. Bu vaziyatga bemor quyidagicha yotqiziladi (2- rasm):

  1. krovatni gorizontal holatga keltirish lozim;

krovatning bosh tomonini 45—60° burchak ostida ko‘tarish kerak (bu holatda bemor o‘zini qulay sezadi, nafas olishi va atrofidagilar bilan muloqot qilishi yengillashadi);

  1. bemor boshini quruq to‘shakka yoki past yostiqqa qo‘yishi lozim (bunda bo‘yin mushaklarining bukilish kontrakturasining oldi olinadi);

  2. bemor qo‘llarini mustaqil harakat qildira olmasa, ularning tagiga yostiq qo‘yish kerak (yelka chiqishi va muskullar kontrakturasining oldini olish uchun).

  3. bel sohasiga ham yostiq qo‘yish lozim (umurtqaning bel soha- sidagi zo‘riqishi kamayadi);

  4. sonlar tagiga bolishchalar qo‘yish kerak (tizza orqa arteriyasi qisilishining oldini olish uchun);

  5. boldirning pastky qismiga bolishchalar qo‘yish kerak (to‘shak tovonlarga uzoq bosilishining oldini olish uchun);

  6. oyoq panjalari tagiga 90° burchak ostida tayanch qo‘yish kerak (oyoq panjalari osilib qolishining oldini olish uchun).

Bemorni chalqancha yotqizish
Bemorni majburiy chalqancha yotqizish ishi quyidagicha bajariladi. Kam harakat, darmonsiz holatda yotgan bemorning:

  1. o‘rniga gorizontal holat beriladi;

  2. beliga yumaloqlab o‘ralgan sochiq qo‘yiladi;

  3. boshi, bo‘yni va yelkasi aralash kichikroq yostiq qo‘yiladi (bu holatda bo‘yin umurtqalari kontrakturasining oldi olinadi);

  4. sonlarning tashqi tomoniga uzun bolish qo‘yiladi (masalan, choyshabdan rulon yasaladi) va shu bilan sonlarning tashqariga aylanishining oldi olinadi;

  5. bemorning pastki qismiga bolish qo‘yiladi (tovonlar yotoq yarasining oldini olish uchun);

  6. oyoq panjalari tagiga tayanch qo‘yiladi;

  7. bemor qo‘l panjalarining ichki tomonini pastga qaratib, gavdaga parallel holda joylashtiriladi, bilaklar tagiga kichikroq yostiqcha qo‘- yiladi;

  8. bemor qo‘llariga bolishchalar beriladi (bunda barmoqlar yoyilib ketmaydi).

Bemorni qorni bilan yotqizish
Yotoq yaralarning oldini olishda bemorning vaziyatini tez-tez almashtirib turish lozim, bunday vaziyatlardan biri — qorin bilan yotishdir:

  1. bemor krovati gorizontal holatga keltiriladi;

  2. boshidan yostiq olib qo‘yiladi;

  3. bemor qo‘lini tirsak bo‘g‘imida yoyib, gavdasiga yaqinlashtirib, qo‘l panjasini soni tagiga qo‘yib, qo‘li ustidan qorniga ag‘darib qo‘yiladi;

  4. bemor krovat o‘rtasiga suriladi;

  5. bemor boshini yonboshlatib, tagiga yostiq qo‘yiladi;

  6. qornining tepa qismiga yostiq qo‘yiladi (bu moslama bel sohasidagi va ko‘krak bezlaridagi zo‘riqishni kamaytiradi);

  7. bemorning qo‘llarini bukib, tepaga shunday ko‘tarish kerakki, qo‘l panjalari boshining yonida bo‘lsin;

  8. qo‘llari tagiga kichikroq yostiqchalar qo‘yiladi;

  9. tovonlar tagiga bolishchalar qo‘yiladi.

Bemorni yonboshlatib yotqizish
Bemorni yonboshlatib yotqizish quyidagicha bajariladi:

  1. o‘rnining bosh tomoni tushiriladi;

  2. chalqancha yotgan bemor krovat chetiga suriladi;

  3. agar bemorni o‘ng yonboshga yotqizish kerak bo‘lsa, chap oyog‘ini tizzadan bukib, chap oyoq panjasi o‘ng taqimga qo‘yiladi;

  4. hamshira bir qo‘li bilan bemor sonidan, ikkinchi qo‘li bilan yelkasidan ushlab o‘z tomoniga yonboshlatadi (bunday harakatlar yonboshlatishni yengillashtiradi);

  5. bemor boshi va tanasining tagiga yostiq qo‘yiladi;

  6. bemorning ikkala qo‘li bir oz bukiladi, shunda yuqoridagi qo‘l yelka va bosh oldida bo‘ladi, pastdagi qo‘l esa boshining yonida yostiqda bo‘ladi (bu holat o‘pka ventilatsiyasini yaxshilaydi);

  7. bemor orqasiga ikki buklangan yostiq tirab qo‘yish kerak (bu bemorni yonboshlatganda muvozanatni saklab turadi);

  8. bemor oyog‘ining chov sohasidan taqimigacha bo‘lgan joyiga yostiqcha qo‘yiladi (shunda tizza va taqim bo‘g‘imlarida yotoq yaralar hosil bo‘lishining oldi olinadi);

  9. oyoq panjasining tagiga 90° burchak ostida tayanch qo‘yiladi.

Bemorni Sims vaziyatida yotqizish
Sims vaziyati qorin va yonboshda yotishning oraliq vaziyati (3- rasm):

  1. bemor yotgan krovatning bosh tomoni tushiriladi;

  2. bemor chalqancha yotqiziladi;

  3. bemorni yonboshlatib qo‘yib va qisman (biroz) qorni bilan yotqiziladi (o‘ringa bemor qornining bir qismi tegib turadi);

  4. bemor boshiga yostiq qo‘yiladi (bunda uning bo‘yni egilib qolmaydi);

  5. bemor yuqorigi qo‘lini 90° burchak ostida tirsakdan va yelkadan buklash uchun qo‘li ostiga yostiq qo‘yiladi, pastki qo‘l bukilmagan holda o‘rinda bo‘ladi (shunda gavdaning to‘g‘ri biomexanikasi saq- lanib qoladi);



3- rasm. Bemorni Sims vaziyatida yotqizish.





  1. yuqorigi buklangan oyoq tagiga yostiq qo‘yiladi (bunda pastki oyoqning boldiri, sonning pastki qismi yoziladi);

  2. oyoq panjalariga 90° burchak ostida tayanch o‘rnatiladi.

Bu vaziyatlarning har birida bemor o‘zini qulay sezishi kerak. Bu ishni majburiy yotoq holatida bo‘lgan bemorlar uchun har ikki soatda takrorlash mumkin.
Bemor shikastlanishining oldini olish
Bemor yiqilishining oldini olish — shikastlanishining oldini olish demakdir. Buning uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

  1. bemor nam pol ustida yurishi mumkin emas;

  2. bemor yuradigan yo‘lida hech qanday buyumlar turmasligi kerak;

  3. boshi aylanadigan, holsizlangan bemorlar bir o‘zi yurmasligi kerak;

  4. bemorni o‘rnidan zambilga yotqizishda ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak va bu muolajani yordamchi ko‘magida bajarish lozim;

  5. bemor yuradigan yo‘laklar yaxshi yoritilishi kerak.

Bemorning yiqilishi xavfi bor-yo‘qligini aniqlash uchun:

  1. yiqilishga olib keluvchi belgilar;

  2. oldin yiqilgan-yiqilmaganligi haqidagi ma’lumot;

  3. mo‘ljalni yo‘qotish;

  4. faollik tartibi;

  5. xavf-xatarga bemorning ta’sirchanligi, qarshiligi haqidagi ma’lu­mot yig‘iladi.

Yiqilishga sabab bo‘ladigan xavfli omillar quyidagilar:

  • 65 yoshdan oshganlar;

  • bemor avval ham yiqilganligi haqidagi ma’lumot;

  • muvozanat va ko‘rishning buzilishi;

  • yurish-turishning o‘zgarishi;

  • davolashda diuretiklar, sedativ, uyqu dorilari, trankvilizatorlar va analgetiklar qo‘llanilishi;

  • bosh aylanishi bilan o‘tadigan ortostatik reaksiyasi borligi;

  • yiqilish paytida bemorning javob reaksiyasi kechikkanligi;

  • esining kirar-chiqar bo‘lishi;

  • harakatchanlikning chegaralanishi yoki buzilishi.

Agar bemorning yiqilish xavfi ko‘proq bo‘lsa:

  • bemor hamshira postiga yaqin palataga joylashtiriladi;

  • krovatni iloji boricha past joylashtirish kerak bo‘ladi;

  • palatada kechasi ham chiroq yoqib qo‘yiladi;

  • bemor turishi va yurishiga yordamlashiladi;

  • bemor uchun eng kerakli narsalar unga qulay joylashtiriladi;

  • bemor chaqirig‘iga tezda javob berish kerak bo‘ladi;

  • barcha gigiyena muolajalarini o‘z vaqtida o‘tkazish kerak bo‘ladi;

  • bemordan tez-tez xabar olish zarur bo‘ladi.

Bemor elektr tokidan shikastlanishining oldini olish uchun ishla- tiladigan asboblarning xavfsizligini ta’minlash lozim.
Dori-darmon bilan zaharlanishning oldini olish uchun dorini bemorlarga hamshiraning o‘zi tarqatishi va zaharli dorilarni qulflana- digan shkaflarda saqlashi kerak.
Bemorlar ko‘pincha nazoratsiz issiq muolajalar olganda (issiq grelka, issiq vanna) va ba’zida o‘rinda yotib chekkanda kuyishi mumkin. Buning oldini olish uchun shu fizioterapiya muolajalarining texnik xavfsizligiga rioya qilish lozim.
Bemorlarni bo‘limga olib borish ularning ahvoliga qarab quyidagi usullarda amalga oshiriladi: zambilli aravachada, zambillarda, o‘tiradigan aravachada, qo‘lda, piyoda.

Yüklə 86,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə