O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

“inson resurslarini 
boshqarish” 
tushunchasini ham qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab 
chiqarishda inson omilini hisobga olishga asoslangan. 
“Inson resurslari” tushunchasi XX asr 70- yillarning oxiri va 80- yillarning 
boshida 
“shaxsiy menejment, yoki personalni boshqarish” 
fani negizida tarkib topa 
boshladi. Hozirgi vaqtda 
“Personalni boshqarish” 
va 
“Inson resurslarini boshqarish” 


25 
tushunchalari farqlanishi e’tirof etiladi. Xususan, iqtisodchi olim 
Stori 
shaxsiy, ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan inson resurslarini boshqarish o’rtasida 27 ta farq 
mavjudligini asoslaydi. Ushbu xususiyatlar umumlashtirilgan holda “personalni 
boshqarish” bilan “inson resurslarini boshqarish” o’rtasidagi asosiy farqlar 1.3- 
jadvalda keltirilgan. 
Ushbu jadvaldai inson resurslarini boshqarish tobora global tus olayotganligini 
kuzatish mumkin. Ya’ni, inson resurslarini boshqarish ekologiya, sog’liqni saqlash, 
ta’lim masalalari bilan uzviy bog’liqlikni tashkil etmoqda. 
Personal bilan tashkiliy ish olib borish avvallari asosan xodimlarning kundalik 
masalalarni hal etishiga qaratilgan bo’lsa, hozirgi vaqtda korxonaga oid strategik 
masalalar tobora birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. 
1.3- jadval 
Personalni boshqarish bilan inson resurslarini boshqarish o’rtasidagi tafovutlar
1
 
t.r. Xususiyatlar 
Personalni boshqarish 
Inson resurslarini 
boshqarish 

Atrof-muhit 
Mamlakat doirasida, 
ichki 
Global darajada, tashqi 

Tashkiliy vazifalar 
Tezkor, ishchi kuchini 
jalb etish, saqlash, 
rag’batlantirish 
Strategik, pirovard 
natijalar 

Boshqaruv uslubi 
Funksiyali 
Sheriklik 

Personal bilan ishlash 
xodimlari 
Tor ixtisosli 
mutaxassislar 
Keng ixtisosli 
mutaxassislar 

Korxona, tashkilot 
personali bilan ishlash 
Mehnat nizolarini hal 
etadi 
O’zaro munosabatlarni 
uy’gunlashtiradi 

Amaliy ish uslublari 
Tor yo’nalishda – diqqat 
markazida alohida xodim 
turadi
Keng yo’nalishda – 
diqqat markazida butun 
personal turadi 
Inson resurslarini boshqarish bo’yicha xizmatlar korxona asosiy ta’minotchilari va 
mijozlari bilan bog’liq masalalar bilan ham shug’ullanadilar. Agar kadrlar 
bo’limlarining asosiy vazifasi ishchi va mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularni joy-
joyiga qo’yish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, rag’batlantirishdan iborat bo’lsa, 
inson resurslarini boshqarishda pirovard natijalar: korxona raqobatbardoshligi, 
rentabellik, ishchi kuchining raqobatchilarnikiga qaraganda yuqori malakaligi va 
demakki, yuqori samara keltira olishi faoliyatning asosiy mezoniga aylangan. 
Inson resurslari bo’yicha mutaxassislar keng ixtisosli xodimlar bo’lishi kerak. Ular 
personal bilan ishlashda avvalgi vaqtlardagi korxona mehnat nizolarini oldini olish bilan 
shug’ullanish o’rniga e’tiborni ko’proq mehnat jamoasi a’zolari o’rtasida uyg’unlikni, 
do’stona muhitni yaratishga qaratmoqdalar. 
1
Управление человеческими ресурсами. Энциклопедия, Санкт-Петербург. - 2002. - С. 167 


26 
Inson resurslarini boshqarish xizmatlari korxona pirovard natijaga erishishi 
uchun quyidagi omillar orqali ta’sir ko’rsatishlari mumkin: 
1.
Mehnat unumdorligini oshirish. 
2.
Mehnat sifatini yaxshilash. 
3.
Huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. 
4.
Raqobatda ustunlikka erishish. 
5.Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish. 
Yuksak samara bilan ishlayotgan kompaniya va firmalar inson resurslarini 
boshqarish xizmatining asosiy vazifalari 1.4- rasmda aks etgan. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə