36
korxona (xolding) atrofida birlashadi. Konsern tarkibiga turli (sanoat, transport, savdo,
bank sohasi) tarmokdarga tegishli, ayrim hollarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida
joylashgan o’nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradilar. Amalda konsern
tarkibidagi korxonalar ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish taraqqiyoti, shuningdek,
investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, korxonalarga xizmat ko’rsatishni tashkil
etish sohasidagi vazifalarni moliyalashtirish asosida faoliyat ko’rsatadi. Tarmoq,
tarmoqlararo konsernlar ham bo’ladi. Bir korxona faqat bir konsernga kira oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida O’zbekistonda moddiy va ishlab chiqarish tarmoq
vazirliklari o’rnida yirik konsernlar (“O’zkimyosanoat”, “O’zdavmashkonsern” va
boshqalar) tashkil qilindi.
Korporatsiya
(lotincha
“compagnie”
— “birlashma”, “hamjamiyat” so’zidan)
biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega.
Korporatsiyalar asosan bir xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi.
Investitsiya kapitalini markazlashuviga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti,
mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko’ra davlat, xususiy, qo’shma
(aralash); tarmoqlar bo’yicha esa sanoat, qishloq xo’jaligi, aloqa va boshqalarga
bo’linadi.
Firma
(ital’yancha “
firma
”
—
“imzo” so’zidan) korxona, kompaniya va
tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va
boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo’lgandar soni 2 — 3
kishidan 20 — 30 mingtagacha bo’lishi mumkin.
Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: