37
Xolding kompaniyasining o’zi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanmasligi ham
mumkin. Lekin, ko’p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarni
boshqarish bilan bir
qatorda,
moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanadilar.
Xolding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi
korxonalarning direktorlar kengashi boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga o’zi taklif
etadigan nomzodlar saylanishini ta’minlash imkoniga ega bo’ladi. O’zbekistonda “Fayz”
(mebel’ sanoati), “O’zqishloqxo’jalikxolding”, “O’zmevasabzavotuzumsanoat” kabi
xolding kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: