38
Korxona personali
(jismoniy shaxslar) — o’z
navbatida, ishchilar,
muhandis-
texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz
ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:
—
asosiy
(ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;
—
yordamchi
(bevosita
ishlab
chiqarishda
band
bo’lmagan)
ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan
doimiy, vaqtincha,
mavsumiy xodimlarga
ajratiladi.
Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega (2.6-
rasm).
Tashkiliy tuzilma
— boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro
bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma
— boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va
alohida
bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
Rol tuzilmasi
— xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki,
jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma
— mehnat
jamoasining
ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi,
millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Dostları ilə paylaş: