|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiA. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)Xususiy korxonada
ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro
mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy
korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar
berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga
to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan
kam bo’lmasligi shart.
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy
himoya choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda
ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni
belgilashga haqlidir.
Qisqacha xulosalar
O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq:
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish
bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan
va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat
ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining huquqliligi
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil
xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona deb ataladi”.
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish
beruvchi) bilan yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma
asosida muvofiqlashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Korxona personali shaxsiy tarkibiga unda band bo’lgan barcha xodimlar:
yollanib ishlayotgan ishchilar, mutaxassislar, rahbarlar ham, ishlayotgan mulk egalari
ham kiradi.
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud:
mehnat ta’siri, texnologiya ta’siri, strategikta’sir.
Xususiy korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro
mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|