O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Xususiy korxonada 
ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro 
mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy 
korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar 
berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga 
to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan 
kam bo’lmasligi shart. 
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy 
himoya choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda 
ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni 
belgilashga haqlidir. 
Qisqacha xulosalar
O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq: 
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish 
bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan 
va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat 
ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining huquqliligi 
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona deb ataladi”. 
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish 
beruvchi) bilan yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma 
asosida muvofiqlashtirib turadigan jismoniy shaxslardir. 
Korxona personali shaxsiy tarkibiga unda band bo’lgan barcha xodimlar: 
yollanib ishlayotgan ishchilar, mutaxassislar, rahbarlar ham, ishlayotgan mulk egalari 
ham kiradi. 
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud: 
mehnat ta’siri, texnologiya ta’siri, strategikta’sir. 
Xususiy korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro 
mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə