O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga:

yakka tartibdagi tadbirkorlar; 

ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik 
soni ko’pi bilan 10 kishi, savdo, xizmat ko’rsatish va noishlab chiqarish sohasining 
boshqa tarmoqlarida — ko’pi bilan besh kishi bo’lgan mikrofirmalar; 
sanoat sohasida band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 
qirq kishi, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — ko’pi 
bilan yigirma kishi, fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish 
soha sining boshqa sohalarida ko’pi bilan o’n kishi bo’lgan kichik korxonalar kiradi. 
O’rta tadbirkorlik sub’ektlariga 
— xodimlarning o’rtacha yillik soni sanoatda — 
100, qurilishda — 50, qishloq xo’jaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji 
savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlarida — 30, chakana savdo, xizmat ko’rsatish sohasi 
va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmokdarida 20 kishidan ko’p bo’lmagan 
korxonalar kiradi. 
Xususiy korxonani uning egasi korxonaning rahbari sifatida yakka o’zi 
boshqaradi. Mulkdor korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko’ra oladi, pul 
mablag’lari hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan, 
mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlari ochadi, 
shtatlarni tasdiklaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruklar 
chiqaradi va ko’rsatmalar beradi. 
Xususiy korxona mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega: 
-
xususiy korxona nizomiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish; 
-
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul 
qilish; 
-
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lagandan so’ng qolgan foydadan o’z 
ixtiyoriga ko’ra foydalanish. 
Xususiy korxona mulkdorlari o’zi vaqtinchalik bo’lmagan taqdirda shu 
muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yozma 
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston. - 2009. - B.11.


42 
qaror bilan yuklanishi mumkin. Bunda u muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-
mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo’yishi mumkin. 
Turli sabablarga ko’ra (vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi va 
hokazolar), mulkdor xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo’lmay 
qolsa, xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga va xususiy korxona 
nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə