O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

 
2.2. Korxona personali 
 
Korxona personali 
— yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish 
beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma 
asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir. 
Bunday mehnat munosabatlarida xodimlar korxona egalari (mulkdorlari) yoki 
korxona mulkiga sherik bo’lishlari ham mumkin.Ular bu holda korxona foydasidan 
o’z ulush (dividend)lariga ega bo’libgina qolmasdan, korxonadagi shaxsiy mehnat 
faoliyati uchun tegishli ish haqi ham oladilar. 
Shaxsiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar hamda oilaviy korxonalarda 
mashg’ul bo’lganlar yuridik shaxs sifatida ro’yxatga olingan bo’lsalarda, yollanib 
ishlayotgan personal tarkibiga kiritilmaydi. Chunki ular o’z mehnatlari uchun soliklar 
va boshqa majburiy to’lovlar amalga oshirilgandan so’ng ixtiyorlarida qoladigan 
daromadlari hisobidan haq oladilar. 
Korxona personali shaxsiy tarkibiga unda band bo’lgan barcha xodimlar: 
yollanib ishlayotgan ishchilar, mutaxassislar, rahbarlar ham, ishlayotgan mulk egalari 
ham kiradi. 
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir: 
-
mulkdorlar(aksiyadorlar); 
-
boshqaruvchilar (menejerlar); 
-
korxona personali (jismoniy shaxslar). 
Mulkdorlar (aksiyadorlar) 
— bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga 
ega guruh bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. 
Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan 
boshqaruvchi, (menejer)ga berishi mumkin. 
Boshqaruvchilar (menejerlar) 
ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga 
rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan 
berilgan maqomga bog’liqdir. 
Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə