O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

affilirlangan 
(qo’shilgan) — filial, sho’’ba korxona shaklida yirikroq turdosh 
bosh korxona tarkibida faoliyat ko’rsatadigan firmalar; 
broker 
— tijorat maqsadini ko’zlaydigan va mijoz topshirig’iga ko’ra va uning 
hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar; 
venchur 
— kichik va o’rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va 
muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; 
investitsion 
— investitsiyalash va qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq 
operatsiyalarni o’tkazadigan firmalar; 
injiniring 
— muhandislik maslahati ko’rsatishga ixtisoslashgan firmalar; 
innovatsion 
— yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar; 
kbnsalting 
— maslahat xizmati ko’rsatishga ixtisosdashgan firmalar; 
ishlab chiqarish firmalari 
— aniq bir mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan 
bo’ladi; 
savdo firmalari 
— savdo-sotiq bilan shug’ullanadi; 
rieltor firmalari 
— ko’chmas mulk sohasidagi amallarga ixtisoslashgan bo’ladi. 
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida 250 
mingdan ortiq firmalar faoliyat ko’rsatmoqda. 
Xolding
(inglizcha “
holding” 
— “egalik” so’zidan) asosiy faoliyati 
korxonalar aksiyalarini o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va 
boshqarishdan iborat bo’lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy 
korxona yoki sho’’ba korxona, yoxud bir necha sho’’ba korxonalar mavjud bo’ladi. 


37 
Xolding kompaniyasining o’zi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanmasligi ham 
mumkin. Lekin, ko’p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarni boshqarish bilan bir 
qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanadilar. 
Xolding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi 
korxonalarning direktorlar kengashi boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga o’zi taklif 
etadigan nomzodlar saylanishini ta’minlash imkoniga ega bo’ladi. O’zbekistonda “Fayz” 
(mebel’ sanoati), “O’zqishloqxo’jalikxolding”, “O’zmevasabzavotuzumsanoat” kabi 
xolding kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə