O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Aksiyadorlik jamiyati. 
O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari 
va aksiyadorlarning huquqlarin i himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra: 
“Nizom jamg’armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini 
tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt 
aksiyadorlik jamiyati 
deb hisoblanadi”. 
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo’lishi 
mumkin. 
Qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlar roziligisiz 
boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari 
ochiq aksiyadorlik 
jamiyati 
deb hisoblanadi. 
Aksiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar 
orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati 
yopiq aksiyadorlik jamiyati 
deb 
hisoblanadi. 
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, kuzatuv 
kengashi va ijroiya organi boshqaradi. 
Xo’jalik shirkati ishtirokchilari umumiy yig’ilishi 
Taftish komissiyasi 
(ishtirokchilari) 
Shirkat rahbari 
Boshqaruv (to’liq shirkat
ishtirokchilari ichida) 
Bosh hisobchi (iqtisodchi) 
Huquqshunos – kadrlar 
bo’yicha yo’riqchi 
Kotiba-referent 
Komp’yuter dasturchisi 
Ishlab chiqarish bo’limi 
Ta’mirlash-qurilish bo’limi 
Tijorat bo’limi 
2.3-rasm.
Xo’jalik shirkatini boshqarish 
tashkiliy 
tuzilmasi
‘ 


34 
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi (2.4-
rasm): 
-
jamiyat Nizomiga qo’shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi Nizomni 
tasdiqlash; 
-
jamiyatni kayta tashkil etish va tugatish; 
-
jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash 
va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugallash; 
-
e’lon qilingan aksiyalarning eng ko’p mikdorini belgilash; 
-
Nizom jamg’armasini ko’paytirish va kamaytirish, o’z aksiyalarini qaytarib 
sotib olish; 
-
taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini 
muddatidan ilgari to’xtatish; 
-
yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini tasdikdash, 
foyda va zararlarni taqsimlash. 
-
Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
-
jamiyat faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash; 
-
aksiyadorlar umumiy yig’ilishlarini chaqirish, ular uchun kun
 
tartibini 
tasdiqlash; 
-
obligatsiyalar va qimmatli qog’ozlarni joylashtirish; 
-
mol-mulkning bozor qiymatini belgilash; 
-
jamiyatning sho’ba va tobe filiallarini tashkil etish, vakolatxonalarini 
ochish. 
Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka-boshchilik 
asosida - ijroiya organ (bosh direktor) yoki kollegial organ (direktsiya, boshqaruv) 
tomonidan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə