O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Mas’uliyati cheklangan jamiyat. 
O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati 
cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga 
binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi 
(ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan 
xo’jalik jamiyati 
mas’uliyati cheklangan jamiyat 
deb hisoblanadi”. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun 
qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. 
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari esa jamiyat majburiyatlari 
bo’yicha o’ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir bo’lgan va qo’shgan 
hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali 
miqdorda mustaqil tarzda javobgar bo’ladilar. Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat 
ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo’shimcha mas’uliyatli 
Korxona rahbari – mulk egasi 
Hisob-iqtisodchi 
Kotiba-referent 
Ta’minot va mahsulot sotish 
bo’yicha menejer 
Ta’minot guruhi 
Ishlab chiqarish 
guruhi 
Servis xizmati 
ko’rsatish guruhi 
Mahsulot sotish 
guruhi 
2.1-rasm

Xususiy korxonaning tashkiliy tuzimlasi 


32 
jamiyatning Nizomida nazarda tutiladi. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari yuridik va jismoniy shaxslar 
bo’lishi mumkin. Bunday jamiyat bir shaxs tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin 
bo’lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Umuman esa jamiyat 
ishtirokchilarining soni 50 kishidan oshmasligi lozim. Jamiyat ishtirokchilarining soni 
belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati 
etib qayta tuzilishi kerak. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə