O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

 
Qisqacha xulosalar 
 
Personalni boshqarish - bu alohida xodim va umuman korxona manfaatlari 
maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. 
“Personalni boshqarish” fani mehnat munosabatlari va insonning korxonadagi 
faoliyatini ilmiy tadqiqetib, ushbu ilmiy izlanishlar quyidagi darajalarda olib boriladi: 
boshqaruv jarayonlari darajasi; korxona darajasi va inson darajasi. 
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda, ham alohida 
menejerlar, ham umuman butun boshqaruv apparatining faoliyat turlari, eng avvalo 
boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. 
Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu personal mehnat munosabatlarini 
personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil 
etishdir. 


28 
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga Sohibqiron Amir Temur va 
g’arb olimlaridan A.Smit, F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol, G.Ford va boshqalar 
o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar. 
Personalni boshqarish zamonaviy yo’nalishlari “inson resurslarini boshqarish” 
tushunchasini qamrab oladi. Inson resurslarini boshqarish ishlab chiqarishda inson 
omilini hisobga olishga asoslangan. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
“Personalni boshqarish” fanining vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishini 
gapirib bering. 
2.
Boshqaruv personali va ishlab chiqarish personali deganda nimani tushunasiz? 
3.
Personalni boshqarish qanday tamoyillarga asoslanadi? 
4.
Personalni boshqarishning mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering? 
5.
Xodimlar salohiyatini shakllantirish deganda iimani tushunasiz? 
6.
Persopalni boshqarish jarayonidagi asosiy ishtirokchi guruhlar xususida nimalarni 
bilasiz? 
7.
Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalari o’rtasida qanday aloqadorlik 
mavjud? 
8.
Mehnat munosabatlari omillarini tushuntirib bering. 
9.
Boshqaruv rivojlanishining asosiy bosqichlarini izohlang. 
10.Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlari nimalardan iborat? 
11.Personalni boshqarishning “Evropa modeli” va yaponcha uslublarining 
xususiyatlarini aytib bering. 
12.
Inson resurslarini boshqarish vazifalariga nimalar kiradi? 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə