O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Ichki muhit 
- yuqori darajadagi 
rahbariyatning maqsad 
va qadriyatlari 
- tashkiliy strategiya 
- tashkiliy madaniyat 
- texnologiya 
- tizim 
- miqiyos 
O’rganish, tahlil va 
rejalashtirish 
- ichki muhit 
- tashqi muhit 
- inson resurslarini rejalashtirish 
- mehnat ko’rsatkichlari tahlili 
Kadrlarni tanlash 
- jalb etish (yollash) 
- tanlash 
Baholash 
- ma’lumotlarni to’plash 
-ma’lumotlardan foydalanish 
Qoplash 
-to’la qoplash 
-ish natijalari aossida qoplash 
-ikkilamchi qoplash 
Takomillashtirish 
- o’qitish va rivojlantirish 
- tashkiliy jihatdan 
takomillashtirish 
O’rgatish va qo’llab 
quvvatlash 
- xodimlar huquqlari 
- xavfsizlik va salomatlik 
- kasaba uyushmasi va 
rahbariyat o’rtasidagi 
munosabatlar 
Kim mas’ul? 
- yuqori darajadagi rahbariyat 
- ish joyidagi menejerlar 
- inson resurslarini boshqarish 
bo’limlari 
- xodimlar 
Tashqi muhit 
- iqtisodiyot, bozor 
- demografiya 
- qadriyatlar 
- qonunlar 
- raqobatchilar 
Umumiy vazifalar 
- jalb etish 
- saqlab turish 
- rag’batlantirish 
- qayta o’qitish 
Aniq vazifalar 
- unumdorlik
- mehnat sifati 
- raqobatda ustunlikka 
erishish 
- ishchi kuchining 
samaradorligi 
Pirovard natijalar 
- oyoqqa turish 
- raqobatbardoshlik 
- o’sish 
- rentabellik 
- moslashish 
Inson resurslarining boshqarish bo’yicha rollar 
- biznes bilan bo’glovchi bo’g’in 
- imkoniyat beruvchi 
- tekshiruvchi 
- innovatsiya 
- moslashish 
1.4-rasm.
Inson resurslarini boshqarish xizmatining 
vazifalari 


27 
Bugungi kunda inson resurslarini boshqarishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan 
tashqi va ichki muhitni o’rganish, tahlil etishga hamda inson resurslarini rejalashtirishga 
bog’liqdir. Inson resurslari sohasidagi faoliyatning barcha turlarida huquqiy 
me’yorlarning roli beqiyosdir. 
Bular qatorida tashqi muhitning boshqa jihatlarini, shu jumladan mamlakat 
ichkarisidagi vajahon bozoridagi raqobatni, demografik o’zgarishlar va ishchi kuchlari 
o’zgarishini hamda umumiy iqtisodiy va tashkiliy tendensiyalarni o’rganish va tahlil 
etib borish talab qilinadi. Kompaniya yoki firma ichki muhitining muhim xususiyatlari 
qatoriga korxona yoki tashkilot strategiyasi, maqsadlari, yuqori daraja rahbariyatning 
maqsad va qadriyatlari, mehnat madaniyati va tarkibi kiradi. 
Ushbu xususiyatlarni muntazam o’rganib borish va tahlil etish kompaniya yoki 
firma ehtiyojlarini ta’minlashni kafolatlash bilan bir qatorda, inson resurslarini 
boshqarish bo’yicha chuqur asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 
Inson resurslarini rejalashtirish qisqa muddatli va istiqbolli bo’ladi. 
Rejalashtirishda ish joylari uchun kerak bo’lgan ishchi va mutaxassislar malakasi va 
qobiliyatlarini aniqlash uchun kompaniya yoki firmadagi mehnat jarayonini chuqur 
tahlil etish kerak bo’ladi.
Inson resurslariga ehtiyojni rejalashtirishda yuqorida qayd etilgan jihatlarni 
hisobga olish: 
1. Bugun qanday malakaga ega bo’lgan va qancha miqdordagi personal kerak 
hamda kelgusida qancha kerak bo’lishini.
2. Ana shunday personalni qaysi yo’l bilan (ishchi va mutaxassislarni 
tashqaridan jalb etish orqali yoki korxonada mavjud bo’lgan ishchi kuchidan 
foydalangan holda) ishga jalb etish. 
3.Personalni o’qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash uchun qanday 
o’rgatuvchan va personalni rivojlantiradigan dasturlar zarur bo’lishini aniqlash imkonini 
beradi. 
Kompaniya yoki firmaning inson resurslariga qo’shimcha ehtiyoji ma’lum 
bo’lgandan so’ng personalni tanlash yuzasidan amaliy ishga kirishiladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə