O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

-
 
personalning strategik menejmenti; 


23 
-
 
menejer kar’erasini rejalashtirish; 
-
 
xodimlarni muvofiqlashtirish texnikasi; 
-
 
iqtisodiy tanglik sharoitida personalni boshqarish. 
Yuqorida qayd etilgan barcha muammolarni hal etish va yangiyo’nalishlarda 
muvaffaqiyatga erishish umumiy asosga ega. Buning diqqat markaziga personalni 
qo’yish, xodimlar tomonidan yangi sharoitlardagi o’z rollarini idrok etishlari va 
shaxsiy ongliliqdir. 
Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlarini xorijiy kompaniya va 
firmalarga xos amaliy faoliyati tajribasi e’tiborga molikdir. 
AQSHda shakllangan personalni boshqarish tamoyillari amerikaliklarning
o’z davlatlarini “katta imkoniyatlar mamlakati” deb hisoblanadigan tamoyili negizida 
asoslangan. Ya’ni, Amerika Qo’shma Shtatlarida har bir xodimga agar u kuch-
g’ayratini ayamasa, o’zining kasbiy mahorati va bilimini oshirib borsa, albatta 
muvaffaqiyatga erishadi, degan qat’iy ishonch singdirilgan. Bunday sharoitda faqat o’z 
kuchiga ishonadigan, kichikroq bo’lsa-da o’z shaxsiy korxonasiga ega, ishchan va 
malakali xodim tadbirkorlikning “eng maqbul modeli” hisoblanadi. 
Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar uchun esa personalni boshqarishga 
davlatning qonunchilik yordamida aralashuvi nisbatan kengroqdir. Xususan, 
personalni yollash, xodimlarni ishdan bo’shatish, ishchilar va ish beruvchilar o’rtasidagi 
munosabatlar qonun orqali muvofiqlashtirib boriladi. Bu mamlakatlarda ish haqi 
to’lash, xodimlarning salomatligi, mehnat xavfsizligi, ish vaqti miqdoriga amaldagi 
qonunchilik tomonidan juda qat’iy talablar qo’yilgan. 
Xususan Evropa Ittifoqi Iqtisodiy Rivojlanish tashkiloti tomonidan qabul 
qilingan “Ijtimoiy harakat” dasturi orqali qit’a mamlakatlarida personalni 
boshqarishga o’z qonunchilik ta’sirini kuchaytirib bormoqda. 
Personalni boshqarishga davlatning aralashuvi Evropada faqat qonunchilik 
bilan chegaralanib qolmaydi. Bu mamlakatlarda tashqi bozor uchun yuqori malakali 
xodimlarni tayyorlash sarf-xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Shu sababli 
Iqtisodiy Rivojlanish tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra Evropada malakali ishchi kuchi 
dasturlari uchun davlat sarf-xarajatlari AQSHga nisbatan sezilarli darajada ko’pdir. 
Evropada Shimoliy Amerikaga qaraganda mulkchilik shakllarida ham sezilarli 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə