O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Genri Fordga 
yuksak moliyaviy samaraga erishish imkonini berdi. G.Fordning jahonning o’nlab 
mamlakatlarida yuz martadan ko’p qayta nashr etilgan “
Mening umrim, mening 
yutuqlarim” 
kitobida texnika ixtirolaridan tijorat maqsadida juda yuksak samara bilan 
foydalanish ochib berilgan. 
Bugungi 
iqtisodiyotda 
personalni 
boshqarish 
(personal 
menejmenti) 
korxona(tashkilot) darajasida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish uchun 
shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha o’zaro bog’liq tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-
tadbirlar tizimidir.
Personalni boshqarishda xodimlardan yuksak samara olish, demakki, korxona 
(tashkilot) faoliyatida yuksak pirovard natijalarga erishish ular qiziqishini aniq 
maqsadlarni ko’zlagan holda o’zgartirishga qaratilgan uzluksiz jarayondir. Hozirgi 
sharoitlarda personal bilan ishlashningasosiy maqsadi yuksak mas’uliyat, jamoa 
psixologiyasi, yuqori malaka, mulkdorlik tuyg’usiga ega bo’lgan shaxsni 
shakllantirishdir. 
Personalni boshqarishda 
funktsiya jihatidan 
kadrlar sohasidagi ishlar bilan 
bog’liqbarcha vazifalar (masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish, malakasini 
oshirish, mehnatga haq to’lash, ishdan bo’shatish va hokazolar) tushuniladi. 
Tashkiliy jihatdan 
esa bu tushuncha kadrlar bilan ishlash uchun mas’ul bo’lgan 
barcha shaxs va tashkilotlarni (masalan, rahbar xodimlar, kadrlar bo’limlari, ishlab 
chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari) qamrab oladi. 
1.5. Personalni boshqarishning hozirgi davr yo’nalishlari 
 
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti muttasil o’zgarib borish xususiyatiga ega. Shunday 
ekan korxona ham (agar u bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajada samarali faoliyat 
ko’rsatishga intilsa) nafaqat bu tashqi o’zgarishlarga, balki o’zgarishlar sur’atiga ham tez 
moslasha olishga qodir bo’lishi kerak. 
Shu jihatdan an’anaviy korxona va yangi tipdagi korxonani farqlay olish darkor. 
Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlari korxona ichki muhitida ro’y 
berayotgan o’zgarishlar (iqtisodiyotda, texno-logiyalarda, ijtimoiy sohada, huquqiy 
munosabatlarda) bilan bog’liqdir. Ularni quyidagi shaklda (1.3- rasm) tasavvur etish 
mumkin. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə