O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Korxona jamoasining 
maqsadlari va natijalari 
Mijozlar 
Xodimlar 
Tashkiliy tuzilma 
Asosiy yo’nalish 
1.3-rasm.Personalni boshqarish yo’nalishlari 


24 
farq mavjudligini ko’rsatish darkor. So’nggi yillarda G’arbiy Evropa iqtisodiyotining 
jamoa sektori ancha qisqarganiga qaramasdan uning ulushi AQSHga nisbatan 
yuqoridir. Masalan, Shvetsiyada aholining yarmidan ko’prog’i iqtisodiyotning jamoa 
sektorida banddir. Buyuk Britaniyada so’nggi vaqtda xususiylashtirish jarayoni 
faollashganiga qaramasdan aholining to’rtdan bir qismi iqtisodiyotning jamoa 
sektoriga jalb etilgan. 
“Evropa modeli”ning o’ziga xos xususiyatlari personalni boshqarishda ishlab 
chiqarishni o’rab turgan muhitni (masalan, qonunchilikni) e’tiborga olish, 
shuningdek, personalni boshqarishga ikki taraflama (ham tashkiliy jihatdan, ham 
ijtimoiy masalalar jihatidan) yondashishini talab etishini namoyon etadi. 
Kompaniya va firmalar boshqaruv xizmatidan bozor iqtisodiyo-tining 
murakkab 
va 
doim 
o’zgarib turadigan vaziyatlarida xodimlar faoliyatini 
muvofiqlashtirish juda
katta malaka va mahoratni talab etadi. Iqtisodchi olimlar fikricha, “Evropa 
modeli”da personalni boshqarishdagi bu xususiyat hisobga olingan. 
Yaponiyada esa personalni boshqarishni davlat korporatsiyalarida xodimlar bir 
umrga ishga yollanishi hamda ish haqiga, mehnat stajiga qarab ustamalar to’lash tizimi 
mavjudligi xususiyatlarini hisobga olmasdan tasavvur etib bo’lmaydi. 
Yaponiya korporatsiyalarida personalni boshqarish siyosati quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 

ishchi kuchi ta’lim muassasalarini bitiruvchilari ichidan tanlabolinadi; 

ishlab chiqarishning u yoki bu vazifalarini hal etish uchun nomzodlarning 
jinsi hisobga olinadi; 

muntazam kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi; 

nomzodlar 
xodimlarning 
kasbiy 
ayirboshlanishi 
tamoyillaridan 
foydalaniladigan dasturlar asosida o’qitiladi; 

xodimlarni u yoki bu mansab vazifasiga ko’tarish uchun ularning mehnat 
faoliyati barcha mezonlar bo’yicha baholanib boriladi; 

personalning ish staji va yoshiga qarab ular ish haqiga maxsus ustama haq 
to’lash amalga oshiriladi, xodimlarning ish bilan bandligi kafolatlanadi. 
Yaponiya korporatsiyalarida asosiy e’tibor kasbiy tayyorgarligini ishdan 
bo’sh vaqtlarida yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshirishga 
qaratiladi. Shu bilan birga xodimlarning ish joylarida o’rindoshlikda faoliyat 
yuritishlari, ularni boshqa xizmat vazifalariga o’tkazish odatiy holatga aylangan. 
Boshqarishning “yaponcha modeli” personal faoliyatini muntazam ravishda har 
taraflama chuqur baholab borishni taqozo etadi. Amaliyotda bu personal ish xaqini 
oshirish yoki uni mansab vazifasida yuqoriroq lavozimga ko’tarish juda sinchiklab 
tekshiruvlardan so’ng amalga oshirilishini anglatadi. Bunda asosiy e’tibor nomzodning 
yoshi, ish staji, ma’lumoti, jinsiga qaratiladi. 
Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlari 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə