O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

kichik 
yoki o’rta
korxonalarga
bo’linadi. 
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida 
faoliyatni muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli 
davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy 
manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, 
konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida 
o’zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. 
Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, 
shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi. 
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u 
vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki 
korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini 
idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. 
Korxona rahbarini 
yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-
mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi vakolat bergan 
idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi. 
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari 
faoliyat ko’rsatmoqda: 
Xususiy korxona. 
O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona 
1
O’zbekiston Respublikasining korxonalar, ijara, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari, auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonuni T.: Adolat. – 2000. - B. 4.


31 
to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan 
va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy 
korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy 
korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1- rasm) bo’lishi mumkin. 
 
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning 
asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir: 
-
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash; 
-
xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish; 
-
reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash; 
-
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
-
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul 
qilish; 
-
xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish; 
-
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish
garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida kiritish va 
hokazolar). 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə