Mavzu: Auditorlik tashkilotlarining huquqlari majburiyatlari va javobgarliklari Reja: Kirish



Yüklə 135,97 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü135,97 Kb.
#164157
  1   2   3   4   5   6   7   8
Audit1


Mavzu: Auditorlik tashkilotlarining huquqlari majburiyatlari va javobgarliklari
Reja:
Kirish

  1. O’zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari

  2. Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va auditorlik xulosasini tuzish amaliyoti

  3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Auditning samaradorligi uni to’g’ri rеjalashtirishga bеvosita bog’likdir. Auditorlik tashkilotlari turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning faoliyatlarini tеkshiradi. Ushbu faoliyatlar o’z navbatida bir-biridan fark kiladi. Misol uchun, ishlab chikarish bilan shug’ullanuvchi korxonalarni xo’jalik jarayonlari ko’p hollarda xom ashyolarni sotib olish. Ularni ishlab chikarishda foydalanish, tayyor maxsulotlar olish va ularni sotish bilan bog’liq bo’lsa, savdo bilan shugullanuvchi korxonalarning faoliyatlari esa tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub'еkt faoliyatini audit qilishga rozilik bеrish va shartnoma tuzishdan oldin audit rеjasi tuziladi.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me'yoriy asoslari tarkibida auditorlik standartlari muhim o'rin tutib, u ushbu asb bilan shug’ullanishning muayyan me'yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda.
Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O’zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatining milliy standartlarini amaliyotda qo’llashning nazariy asoslarini chuqur o’rganish va unda uchraydigan muammolarning yechimini qonun hujjatlari va auditorlik faoliyati milliy standartlaridan chetlashmagan holda hal qilish juda muhim hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan holda men bitiruv malakaviy ishimda milliy standartlarning auditorlik faoliyatidagi ahamiyati va zaruratini ochib berishni maqsad qilganman. Shu bilan birga auditorlik faoliyati milliy standartlarimizda uchrayotgan ba’zi muammolar va kamchiliklarni yoritib berish va qisman bo’lsada ularning yechimini xalqaro auditorli faoliyati milliy standartlari bilan solishtirish yo’li bilan o’rsatib o’tish kurs ishimning asosiy vazifasidir.
Yuqoridagi masalalarni o’rganish va auditning dastlabki rеjasini tuzishda auditorlik tashkiloti korxonaning nizomi, korxona faoliyatini qayd etishga asos bo’lgan hujjatlar, hisob siyosatini aks ettiruvchi hujjatlar, moliyaviy hisobot, bank, moliya, solik organlarining xo’jalik yurituvchi sub'еkt faoliyatiga oid ma'lumotnomalari, korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar va ularning bajarilishi ma'lumotlaridan foydalanadi. Yig’ilgan ma'lumotlar tahlili natijasi va dastlabki rеjaga asosan audit o’tkazishga rozilik oladi va shartnoma tuziladi.
Audit rеjasiga asosan audit dasturi tuziladi. Ushbu dasturda rеjadagi vazifalarga yanada aniqliklar kiritilib bajaruvchilar o’rtasida taqsimlanadi. Dasturda audit ob'еktlari, ularni tеkshirishda qo’llaniladigan va auditorlik isbotini ta'minlaydigan “usullar”, auditorlarning ishchi hujjatlari kеltirilgan bo’ladi. O’zining mazmun mohiyatiga ko’ra, auditorlik dasturi audit o’tkazish uchun uslubiy manba va nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasida moliyaviy audit tashkilotlarning iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning yangi yo'nalishiga aylandi. Uning vazifasi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy hisobotlarining ishonchliligini va ularning xo'jalik operatsiyalarining amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan tashqari, korxonaning moliyaviy holatini, uning to'lov qobiliyatini, qilingan yoki kutilayotgan investitsiyalarning ratsionalligini baholashdan iborat. joriy daromad va xarajatlar, hamda ularni optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ko'plab mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikriga ko'ra, zamonaviy audit biznesning o'ziga xos turi, o'tmish va kelajak istiqbollarini baholash tizimi bo'lishi kerak. Afsuski, hozirgi audit amaliyoti bu talablarga javob bermaydi. Bu holatning sabablaridan biri auditorlik faoliyatining eng muhim komponenti sifatida moliyaviy tahlil muammolarini nazariy o'rganishga bo'lgan ehtiyojni kam baholanishidir.1
Moliyaviy hisobot auditining asosiy maqsadi hisobotdagi moliyaviy holatga va biznesning natijalariga ishonchlilikni qo'shishdir.Bu menejment o'zining moliyaviy hisobotida kompaniyaning moliyaviy faoliyati va holati to'g'risida to'g'ri va adolatli fikrni taqdim etishi to'g'risida mustaqil ishonchni ta'minlashdir. Bu kompaniyani boshqaradiganlar va uning egalari bo'lganlar o'rtasidagi ishonch va ma'muriy javobgarlikning asosidir..Auditorlik tekshiruvi jarayonida menejment o'z nazorati yoki jarayonlarini takomillashtirishi mumkin bo'lgan sohalar ham aniqlanadi va bu uning biznes jarayonlari sifatini oshirish orqali kompaniyaga qo'shimcha qiymat qo'shadi. Uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Mas'uliyatni ta'minlash

  • Ishonchliligini ta'minlash

  • Xavfsizlikni taklif etish

  • To'liq hisobotni taqdim etish

  • Xatarlarni rejalashtirish va baholash

  • Zaxiralar

  • Asosiy vositalar

  • To'lanadigan qarzlar

  • Daromad

  • Xarajatlar

  • Tugatish




  1. Yüklə 135,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə