O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi 
boshqaruv jarayoniga umumiy 
rahbarlik — turli funktsiyalarni muvofiqlashtirish, tegishli bo’linma va xizmatlar 
rahbarlarini tanlash, boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir. 
O’rta va quyi bo’g’in rahbarlari 
belgilangan ish turlarining tashkilotchilari 
vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat 
faoliyatini amalga oshirish uchun personalni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik 
qilish, korxona alohida bo’linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish 
jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi. 
Inson resurslaridan korxona va xodim manfaatlarini muvofiqlashtirgan holda 
foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish 
personalni boshqarishning eng asosiy tamoyilidir. 
Ushbu tamoyilni amalga oshirishda 
korxonaga ishchi kuchi iste’molchisi sifatidagi qarash nuqtai nazari o’zgaradi. Bozor 


45 
iqtisodiyotiga o’tishda ob’ektiv ravishda ichki mehnat bozori tashkil topadi. Barcha 
yollanma ishchilar va ma’muriyat vakillari — ish beruvchilar ushbu ichki mehnat 
bozori sub’ektlari hisoblanadilar. Bunda yollanma ishchi va mulk egasi, rahbar va ijrochi 
o’rtasida teng huquqlilik ta’minlanadi. 
Personalni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak: 
Egiluvchanlik 
— ishlab chiqarishda va personal tarkibida ro’y berayotgan 
o’zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish 
imkoniyati. 
Markazlashtirish 
— korxona bo’linmalari va xizmatlaridagi xodimlar 
funktsiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funktsiyalarini kuyi 
bo’g’inlar ixtiyoriga berish. 
Boshqaruv me’yorlari 
— har bir bo’g’in rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar 
miqdorining oqilona bo’lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo’g’ini rahbarlariga 
bo’ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o’rta bo’g’inda (funktsiyali rahbarlar) — 8 — 20 
kishini, quyi bo’g’inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini 
tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə