O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir.  Ish



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Mehnat
— iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. 
Ish
shartnoma asosida, ya’ni 
mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat 
faoliyati turidir. 
Mehnatni tashkil etishga juda ko’p omillar: texnologiyalar, milliy, tarmoq va 
korporativ madaniyat, tovar va mehnat bozorlari, davlat va kasaba uyushmalar 
tomonidan muvofiqlashtirish va boshqalar ta’sir ko’rsatadi. 
Insonlar tovarlar va xizmatlar yaratish hamda ularni sotish uchun o’z bilim va 
tajribalarini birlashtiradilar. Shu nuqtai nazardan, mehnatni tashkil etish insonlarning bu 
maqsadga erishish uchun o’zlariga yuklatilgan shaxsiy topshiriqlarni qay tarzda bajara 
olishlarini belgilab beradi. Odatda, bu holda korxona jamoasi o’rtasidagi mehnat 
munosabatlari tizimini shakllantiradigan, taqsimotini muvofiqlashtiradigan va aniq 
belgilab qo’yilgan ish qoidalarini rasmiylashtiradigan tuzilma tarkib topadi. Bunday 
muvofiqlashtirish natijasida bir toifa xodimlar boshqalarga bo’ysunadigan va ular 
tomonidan nazorat qilinadigan bo’ladilar. 
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud: 
1.
Mehnat ta’siri
(bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik 
va madaniy omillar). 
2.
Texnologiya ta’siri
(XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab 
chiqarishda konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining 
qo’llanishi mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi). 
3.
Strategik ta’sir
. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari 
qabul qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan 
ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q. 
Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari 
instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv “ijtimoiy-texnik tizimlar” 
(“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati: 
1)
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning 
shaxsiy va jamoa munosabatlari); 
2)
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni 
uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar. 
Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy 


40 
xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni 
ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig’ini 
bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal 
qilingan „V
OLVO
"
kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir 
bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan 
foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. 
Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan 
“katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi 
zarur butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv birligi 
(buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiyalari 
xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak malakaning zarurligi, mehnatda 
katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. 
XX asrning 70- yillarida Yaponiya kompaniyalarining mehnatni tashkil etish 
tizimi ularga o’sha davrda (1973 yilda) ro’y bergan “neft’ taqchilligi”dan so’ng 
raqobatchilikda katta ustuvorlikni ta’minladi. Ushbu usul yuksak sifatli mahsulotni kam 
sarf-xarajat bilan ishlab chiqarishga asoslangandi. 
Yaponiya kompaniyalari yuksak sifatga erishish uchun intilish mehnat 
unumdorligining pasayishiga olib keladi, degan aqida ildiziga bolta urib, mehnatni 
tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko’rib chiqishga majbur qildilar. 
Ma’lumki, ommaviy mahsulot ishlab chiqarishga an’anaviy yondashuv 
omilining mezoni deb tayyorlangan mahsulot miqdori hisoblanardi. Sifat mezoniga 
esa ikkinchi darajali, deb qaralardi. Bu tamoyilda ishlab chiqarish jarayonida muayyan 
darajada brakka yo’l qo’yilishini tabiiy hol, deb baholash odat edi. Bu brak 
keyinchalik qo’shimcha mehnat sarf qilinishi hisobiga bartaraf etilar yoki brak 
mahsulotlar korxonada to’planib yotaverardi. 
Keskin raqobat kurashida o’z mavqelarini saqlab qolish uchun g’arb 
kompaniya va firmalari yaponlarning kam sarf-xarajat bilan yuqori sifatli mahsulot 
ishlab chiqarishdan iborat mehnatni tashkil etish usullarini o’z korxonalarida qo’llashga 
kirishdilar. Xususan, “Ford motor companie" “Yaponiya izidan" strategiyasini joriy 
eta boshladi. Bu Fordning ommaviy ishlab chiqarish usuli o’rniga yapon menejmentini 
joriy etishni anglatardi. Ya’ni, amerikalik avtomobilsozlar ham o’zlarining unchalik 
tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lmagan ishchilarini yuqori malakali va o’rgatilgan 
mugaxassislarga almashtirish yo’lini tutdilar. 
XX asrning 80-yillarida Massachusets texnologiya instituti olimlari yapon 
avtomobilsozlarining raqobat kurashidagi muvaffaqiyatlari manbalarini chuqur tadqiq 
etishga qaratilgan Xalqaro Dasturni amalga oshirdilar. Shu tariqa “Tejamkor 
menejment" nomi Ni olgan mehnatni tashkil etish usulining ilmiy asoslari yaratildi. 
Ushbu usulda “tejamkor" ishlab chiqarish tizimi barcha darajalarda, iloji 
boricha, yuksak samaradorlikka erishib, raqobatda ustuvorlikni ta’minlash tamoyiliga 
asoslangan. Mazkur yondashuv shilab chiqarish jarayonida foydalaniladigan hamma 
narsani, ayniqsa, pirovard mahsulot qiymatiga qo’shilmaydigan barcha yordamchi 
jarayonlardagi sarf-xarajatlarni muttasil kamaytirib borishni talab etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53- moddasiga muvofiq “Xususiy 


41 
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir”
1
. Davlat boshqaruv 
organlari tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu: 

tadbirkorlik huquqiy kafolatlari mustahkamlanayotganda, ayni shu 
kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar muttasil takomillashtirib 
borilayotganida; 

tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlari 
ishonarli himoya qilinayotganida; 

tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot 
resurslaridan erkin foydalanishda, ular o’z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorda 
sotishlarida, ishbilarmonlar uchun konsalting, lizing, sug’urta va boshqa xizmatlar tizimi 
rivoj-lantirilayotganda, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda
boshqa ko’pgina masalalarda ko’maklashayotganda o’z ifodasini topmoqda. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xususiy korxonalar kichik va o’rta 
tadbirkorlik sub’ektlariga bo’linadi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə