15
Bu sxemaning asosiy bloki «maqsad»
bloki hisoblanadi, chunki qo„yilgan
maqsadga ko„ra bitta obyekt uchun har xil modellar tuzilishi mumkin. Obyekt sifatida
biror bir korxonani olsak, kuzatuvchining maqsadi ushbu obyektning ishlab chiqarish
jarayonini o„rganish bo„lsa, bu holda modelning parametrlariga korxonaning quvvati,
ishlab chiqarish omillari,
xomashyo, ishchilar soni,
asosiy fondlar, ishlab chiqarish
dasturi va hokazolar kiradi va model ishlab chiqarish funksiyasi ko„rinishida
ifodalanadi.
Modellashtirishning universal usul sifatida
boshqa usullarga qaraganda
afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat:
1. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab tizimni oddiy model yordamida
ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, milliy iqtisodiyot bu o„ta murakkab tizimdir.
Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin (1.2-rasm).
1.2-rasm. Ishlab chiqarishning “qora quti” sxemasi
2. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar
qilish uchun keng
maydon tug„iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o„zgartirib, obyekt
faoliyatining
eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo„llash mumkin.
Real obyektlar ustida eksperiment qilish ko„plab xatolarga va katta xarajatlarga olib
kelishi mumkin.
3. Model, shaklsiz sistemani, matematik formulalar yordamida shakllantirishga
imkoniyat beradi va axborot texnologiyalari yordamida
sistemani boshqarishga
yordam beradi.
Моddiy resurslar
Меhnat
ресурсларрерресур
слари
Аsosiy fondlar
Milliy daromad
Pirovard mahsulot
Yalpi milliy
mahsulot
Dostları ilə paylaş: