|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiI bob. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VAIjtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash RasulevI bob. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA
PROGNOZLASH FANIGA KIRISH
1.1. Model va modellashtirish tushunchalari
Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o„rganish maqsadida
tabiatda va jamiyatda ro„y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning
uchun obyektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to„g„risida dastlabki
tushunchalar hosil bo„ladi. Bu tushunchalar oddiy so„zlashuv tilida, turli rasmlar,
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu ifodalar model
deyiladi.
Model so„zi lotincha modulus so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor
degan ma‟noni anglatadi.
Tor ma‟noda – o„rganilayotgan obyektning, jarayonning yoki hodisaning
muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi obyekt.
Keng ma‟noda model biror obyektning yoki obyektlar tizimining namunasidir.
Model tushunchasi biologiya, meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida
kuzatish modellashtirish deyiladi.
Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir.
Modelning hayotiyligi, modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim
ahamiyatga egadir. Modelda o„rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish
mumkin emas, unda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Shuni unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo„yilgan talablarga to„la
javob bermaydiva aksincha, murakkab model esa uni yechish jarayoniga
qiyinchiliklar tug„diradi. Modelning haqiqiyligi to„plangan ma‟lumotlar hajmiga,
aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga,
aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog„liq.
Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi quyidagicha (1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |
|
|