O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


I bob. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/89
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141211
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash Rasulev

I bob. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA 
PROGNOZLASH FANIGA KIRISH
1.1. Model va modellashtirish tushunchalari 
Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o„rganish maqsadida 
tabiatda va jamiyatda ro„y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning 
uchun obyektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to„g„risida dastlabki 
tushunchalar hosil bo„ladi. Bu tushunchalar oddiy so„zlashuv tilida, turli rasmlar, 
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu ifodalar model 
deyiladi.
Model so„zi lotincha modulus so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor 
degan ma‟noni anglatadi. 
Tor ma‟noda – o„rganilayotgan obyektning, jarayonning yoki hodisaning 
muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi obyekt. 
Keng ma‟noda model biror obyektning yoki obyektlar tizimining namunasidir. 
Model tushunchasi biologiya, meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi. 
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida 
kuzatish modellashtirish deyiladi. 
Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. 
Modelning hayotiyligi, modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim 
ahamiyatga egadir. Modelda o„rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish 
mumkin emas, unda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi. 
Shuni unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo„yilgan talablarga to„la 
javob bermaydiva aksincha, murakkab model esa uni yechish jarayoniga 
qiyinchiliklar tug„diradi. Modelning haqiqiyligi to„plangan ma‟lumotlar hajmiga, 
aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, 
aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog„liq.
Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi quyidagicha (1.1-rasm). 
 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə