O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/89
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141211
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash Rasulev

127 
 
10.3. Forecasting the impact of the economy on the environment and their 
interrelation............................................................................................................................. 
 
128 
 
Tasks for control
...................................................................................................................
 
129 
 
Glossary
.................................................................................................................................
 
139 
 
List of used literature
...........................................................................................................
 
148 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


12 
KIRISH 
“Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, modellashtirish va prognozlashda qo„llaniladigan 
iqtisodiy-matematik hamda ekonometrik usullar va modellar, shuningdek, zamonaviy 
axborot texnologiyalarini qo„llashni o„rganadi. 
Bozor iqtisodiyoti murakkab, o„zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan 
iborat bo„lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda 
iqtisodiy jarayonlarni o„rganish va tahlil qilishda iqtisodiy-matematik va ekonometrik 
usullar hamda modellarning qo„llanilishi kutilishi mumkin bo„lgan salbiy 
hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar 
ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi 
holati (statikada) asosida uning istiqboldagi (dinamikada) o„zgarishlarini oldindan 
ko„rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon‟yunkturasini oldindan 
prognoz qilmasdan turib, barqaror ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilab 
bo„lmaydi. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o„z mahsulotlarini 
raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. 
“Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fanining 
asosiy maqsadi magistrantlarga milliy iqtisodiyot sharoitida murakkab iqtisodiy 
tizimlarni modellashtirishni, modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini, aniq 
iqtisodiy obyektlar misolida modellarning yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, 
qo„yilgan iqtisodiy masalalarni zamonaviy axborot- texnologiyalari yordamida 
yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil hamda talqin qilish kabi masalalarni 
o„rgatishdan iboratdir. 
“Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani 
“Mikroiqtisodiyot”, 
“Makroiqtisodiyot”, 
“Ekonometrika”, 
“Axborotlar 
texnologiyasi”, “Ehtimollar nazariyasi” va matematik statistika” va shuningdek 
iqtisodiy matematika kabi fanlar bilan o„zaro aloqada bo„ladi. 
Fanning bo„limlarida makrodarajada, ya‟ni milliy iqtisodiyot bo„yicha iqtisodiy-
matematik modellarning (ishlab chiqarish funksiyasi, tarmoqlararo balans modellari, 


13 
ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda samarali foydalanish bo„yicha 
ilmiy tavsiyalar keltiriladi. 
Talabalar fanning har bir mavzusini nazariy o„rganish bilan bir qatorda amaliy 
mashg„ulotlarda aniq iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlar asosida ularning 
matematik modellarini tuzish, axborot texnologiyalari va mos dasturiy vositalarni 
qo„llab, masalalarning aniq miqdoriy yechimlarini olib, iqtisodiy tahlil qilish bilan 
yakunlaydilar. Fanni o„rganish yakunida talabalar mustaqil ravishda iqtisodiy 
masalalarning matematik jihatdan qo„yilishini, ularning matematik modellarini 
tuzish, ushbu modellarni mos keluvchi usullar va axborot texnologiyalari yordamida 
yechish hamda iqtisodiy tahlil va talqin qilishni o„rganadilar. 


14 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə